Sotuvlar sizdan, Daromad bizdan

Tovarni tanlang, linkni ulashing — yetkazib berilgan har bir zakaz uchun daromad oling. Sarmoya, ombor va tajriba kerak emas: qolgan hamma ishni biz bajaramiz.

Bepul ro'yxatdan o'tish · Kirish · RU · EN

Siz sotasiz — qolgani bizning zimmamizda

Birinchi daromadgacha 3 qadam

  1. Ro'yxatdan o'ting. Ism, telefon va parol — bir daqiqada bepul akkaunt. Karta yoki hujjat so'ralmaydi.
  2. Tovar tanlab link oling. Katalogdan daromadi yuqori tovarni tanlang va bir bosishda o'z shaxsiy linkingizni yarating.
  3. Ulashing va daromad oling. Linkni Telegram, Instagram yoki TikTokda tarqating. Zakaz yetkazilishi bilan daromad balansingizga tushadi.

Ko'p so'raladigan savollar

Qancha daromad ishlash mumkin?

Daromad har bir tovar uchun turlicha — 30 000 so'mdan 100 000 so'mdan ortiqqacha. Masalan, kuniga 3 ta yetkazilgan zakaz × o'rtacha 40 000 so'm = oyiga taxminan 3,6 mln so'm. Bu va'da emas: natija tovar tanlash va reklamaga bog'liq, daromad kafolatlanmaydi.

Daromad qachon balansga tushadi?

Zakaz "Yetkazildi" statusiga o'tgan payt daromad avtomatik balansingizga qo'shiladi. Mijoz tovarni qabul qilmasa yoki qaytarsa, o'sha zakaz uchun daromad hisoblanmaydi.

Pulni qanday yechaman?

Bir marta guvohnoma (o'zini o'zi band qilgan yoki YaTT) va Paynet Xolis hisob raqamingizni yuklaysiz — bepul, telefonda ~10 daqiqa. Keyin panelda so'rov qoldirasiz: minimal summa — 50 000 so'm, to'lov 1 kun ichida. Soliq atigi 1%, uni Paynet o'zi ushlaydi.

Zakaz yetkazilishini kutmasdan pul olsa bo'ladimi?

Ha. Qabul qilingan, hali yetkazilmagan zakazlaringiz daromadining 20% gachasini oldindan yechib olishingiz mumkin (foiz sotuv natijangizga bog'liq) — minimal summa 100 000 so'm. Summa asosiy balansingizdan ayriladi, zakazlar yetkazilgach daromad uni o'zi to'ldiradi. Yangi zakazlar kelgan sari imkoniyat qayta ochiladi.

Ishlash uchun pul yoki tajriba kerakmi?

Yo'q. Sarmoya ham, tajriba ham talab qilinmaydi — telefon va ijtimoiy tarmoqlaringiz yetarli. Boshlashni biz bepul o'rgatamiz.

O'zimga yoki yaqinlarimga zakaz bera olamanmi?

Ha. Mahsulot rostdan sotib olinsa va to'lov qilinsa — bu oddiy zakaz hisoblanadi. Faqat daromad uchun rasmiylashtirilib, keyin qabul qilinmagan zakazlar soxta hisoblanadi.

Balansim kuyib ketishi mumkinmi?

Yo'q. Uzoq vaqt faol bo'lmasangiz ham balansingiz muddatsiz saqlanadi va istalgan paytda yechib olasiz. Platformadan chiqsangiz ham qolgan summa to'liq to'lanadi.

Target reklamani AI yoqib bera oladimi?

Ha. Panel va Telegram botdagi AI yordamchiga oddiy so'z bilan yozasiz (masalan, "shu tovarga kuniga 50 000 so'mdan reklama yoq") — u tovar, kreativ, lead forma, hudud, auditoriya va reklama matnini o'zi tayyorlaydi. Siz faqat "Tasdiqlash" tugmasini bosasiz va reklama o'z Meta (Instagram/Facebook) akkauntingizda ishga tushadi. Natija, pauza va byudjet ham shu chatda. Tasdiqsiz pul sarflanmaydi.

AI reklamani o'zi kuzatib, tuzata oladimi?

Ha, AI avtopilot shuni qiladi. Kunlik byudjet va ruxsatlarni berasiz — u tovar tanlab test qiladi, har 3 soatda tekshiradi, muammo qaysi bosqichda ekanini (ko'rsatish, bosish, forma, operator qabuli, yetkazish) aniqlab tuzatadi, natijani solishtiradi va baribir bo'lmasa yaxshiroq tovarga o'tadi. Jami xarajat siz bergan chegaradan oshmaydi.

API yoki postback bormi?

Ha. Panelda (API va integratsiya bo'limi) kalit yaratib, Keitaro, Binom kabi trekerlarga postback ulaysiz, o'z saytingizdan zakaz yuborasiz yoki AI yordamchini (MCP) ulaysiz. Bepul. Mijoz telefon raqami API orqali ham yopiq ko'rinishda beriladi.

Qo'llanmalar