Birinchi Shop

AI avtopilot: target reklamani AI boshqaradi

Reklama qo'yish oson, uni har kuni kuzatib, nima uchun ishlamayotganini topish qiyin. AI avtopilot shu ishni o'z zimmasiga oladi: har 3 soatda reklamangizni tekshiradi, muammo qaysi bosqichda ekanini raqam bilan aniqlaydi, tuzatadi va natijani solishtiradi. Siz faqat kunlik byudjet va ruxsatlarni berasiz.

Bepul ro'yxatdan o'tish
1 daqiqa · karta va hujjat so'ralmaydi
30 000+so'm har bir yetkazilgan zakazdan
1 kunto'lov muddati
300+faol tovar
0 so'mboshlash uchun sarmoya

Avtopilot nima qiladi

  • Tovar tanlaydi — sotuv foizi, 1 zakazdan daromad, zaxira va shu tovarning boshqa reklamachilardagi Meta natijasiga qarab, "100 000 so'm reklamadan qancha foyda" hisobi bilan.
  • Kichik byudjetda test qiladi — tovar videosi yoki rasmidan reklama, o'zbekcha matn (narx va yetkazish shartlari bilan), lead forma, hudud va auditoriya.
  • Videosi yo'q tovarga AI video tayyorlatadi — ssenariyni mijozlarning "olmaslik sabablari"ni hisobga olib yozadi.
  • Sifatga e'tibor — har reklama tasdiqlash ekranli sifatli forma bilan ochiladi (bizning ma'lumotda operator qabuli oddiy formadan 2 baravar yuqori), hudud esa aynan Meta zakazlari yaxshi yetkaziladigan viloyatlardan tanlanadi.
  • Birinchi kundan A/B test — har reklama 2–3 xil matn va kreativ bilan ochiladi, qimmat ishlagani o'chiriladi.
  • Boshqalar tajribasidan o'rganadi — shu tovarda boshqa reklamachilarda yaxshi va yomon ishlagan reklama matnlari hamda qaysi tuzatish necha foiz holatda yordam bergani hisobga olinadi.
  • Ishlaganini kuchaytiradi — natijasi bor reklamaning byudjetini bosqichma-bosqich oshiradi; yetarli natija yig'ilgach Meta'ni oddiy zayavka emas, "qabul qilingan" mijozga optimallashtiradi va qabul qilingan mijozlaringizga o'xshash auditoriyadan foydalanadi.
  • Akkountni o'zi sozlaydi — tungi zayavkalarni ertalabgacha ushlab turish, natijalarni Meta'ga qaytarish va izohlarga AI javobini yoqadi.
  • Ishlamaganini tekshiradi, tuzatadi va qayta sinaydi, baribir bo'lmasa yaxshiroq tovarga o'tadi.

Muammoni qanday aniqlaydi

Avtopilot reklamani bitta "zarar/foyda" raqami bilan emas, butun yo'l bo'yicha ko'radi va har bosqichni platformadagi o'rtacha ko'rsatkich bilan solishtiradi:

BosqichNimaga qaraydiOdatiy tuzatish
Ko'rsatishMeta reklamani ko'rsatyaptimi, 1000 ko'rish narxiAuditoriyani kengaytirish, matnni qoidaga moslash
BosishNecha foiz odam bosadi (CTR), reklama eskirganmiYangi kreativ: boshqa ilgak, rasm o'rniga video
FormaBosganlardan qanchasi raqam qoldiradiFormani soddalashtirish yoki matnni formaga moslash
Zayavka → zakazRaqam xato, takroriy zayavkalarTasdiqlash ekranli sifatli forma
Operator qabuliTelefonni ko'taradimi, "zakaz bermaganman" deydimiNarxni aniq yozish, sifatli forma, yetkazish yaxshi hududlar
YetkazishQabul qilgandan keyin mahsulotni oladimiKo'pincha tovar muammosi — boshqa tovarga o'tish

Shu bilan "reklama yomon"mi yoki "tovarning o'zi sotilmaydi"mi — ajratiladi: agar shu tovar boshqa reklamachilarda ham yomon yetkazilsa, avtopilot reklamani emas, tovarni almashtiradi.

Bugunoq boshlang

Ro'yxatdan o'ting, tovar tanlang va birinchi havolangizni oling.

Reklamachi bo'lish

Tuzatish → qayta sinash → almashtirish

  1. Bitta tuzatish. Har siklda bitta reklamaga bitta o'zgartirish — aks holda qaysi o'zgarish yordam berganini bilib bo'lmaydi. Tuzatishdan oldingi ko'rsatkichlar yozib qo'yiladi.
  2. Kutish va solishtirish. Meta qayta o'rganishi uchun kamida 24 soat kuzatiladi, keyin "oldin" va "keyin" solishtiriladi.
  3. Qayta yoqish. Zarar sababli to'xtatilgan reklama faqat muammo tuzatilgandan keyin qayta yoqiladi.
  4. Almashtirish. Bir necha tuzatishdan keyin ham natija bo'lmasa, reklama to'xtatiladi va eng foydali boshqa tovarda yangi test ochiladi. Sizda zarar bilan tugagan tovar bir hafta qayta sinalmaydi.

Yangi reklama o'rganish bosqichida (taxminan 48 soat yoki yetarli sarf bo'lguncha) "ko'r-ko'rona" to'xtatilmaydi — bu boshlovchilarning eng ko'p uchraydigan xatosi.

Pulingiz qanday himoyalangan

  • Kunlik chegara. Barcha avtopilot reklamalarining jami kunlik byudjeti siz bergan summadan oshmaydi.
  • Ruxsatlar. Yangi reklama ochish, byudjet, pauza, AI video va auditoriya — har biri alohida yoqiladi.
  • Ikki rejim. "Taklif" rejimida pul sarfini oshiradigan har bir qadam (yangi reklama, byudjetni oshirish) sizga tasdiqlash kartasi bo'lib keladi; "Avtomatik" rejimda avtopilot chegarangiz ichida o'zi bajaradi.
  • Ehtiyotkor oshirish. Byudjet bir martada ko'pi bilan +50% va 20 soatda bir marta, faqat natija bor reklamada. Bir vaqtda 5 tadan ortiq reklama ochilmaydi.
  • Stop-loss. "7 kunda ko'pi bilan X so'm zarar" deb belgilasangiz, chegaraga yetganda avtopilot hamma reklamani to'xtatib, sizga xabar beradi.
  • Istalgan payt o'chirish. Avtopilotni o'chirsangiz, u ochgan reklamalar ham to'xtatiladi.

Har bir amaldan keyin va har kuni 21:30 da Telegram botga hamda panelga oddiy tilda hisobot keladi: nima topildi, nima qilindi va nega. Botda "nega pauza qilding?" deb so'rasangiz, AI javob beradi.

Qanday yoqiladi

  1. Ro'yxatdan o'ting va panelning Meta reklama bo'limida o'z reklama akkauntingiz hamda Facebook sahifangizni bir marta ulang.
  2. Telegram botni ulang — hisobot va tasdiqlash kartalari shu yerga keladi.
  3. AI Avtopilot bo'limida kunlik byudjet (25 000 so'mdan), rejim va ruxsatlarni tanlang, shartlarga rozilik bering.
  4. Birinchi tekshiruv darhol boshlanadi, keyin har 3 soatda (08:15–20:15).

Reklama puli o'z kartangizdan Meta'ga to'lanadi, daromad esa yetkazilgan har bir zakaz uchun balansingizga tushadi. Foyda kafolatlanmaydi — avtopilot tavakkalni kamaytiradi va qarorlarni raqamga asoslaydi.

Ko'p beriladigan savollar

Avtopilot mening roziligimsiz pul sarflaydimi?

Yoqishda kunlik chegara va ruxsatlarni o'zingiz berasiz. "Taklif" rejimida yangi reklama va byudjetni oshirish faqat tasdiqlash tugmasini bosganingizdan keyin bajariladi. "Avtomatik" rejimda avtopilot siz bergan kunlik chegara ichida o'zi ishlaydi.

Qancha byudjet kerak?

Eng kami kuniga 25 000 so'm. Ikki tovarni bir vaqtda sinash uchun kuniga 80 000 – 150 000 so'm qulay: har test 40 000 – 100 000 so'mdan boshlanadi.

Reklama yomon ishlasa nima bo'ladi?

Avtopilot muammo qaysi bosqichda ekanini aniqlaydi (ko'rsatish, bosish, forma, operator qabuli yoki yetkazish), mos tuzatishni qiladi, kamida 24 soat natijani kuzatadi va solishtiradi. Bir necha urinishdan keyin ham foyda bo'lmasa, reklamani to'xtatib, yaxshiroq tovarga o'tadi.

O'zim ham reklamani boshqara olamanmi?

Ha. Avtopilot faqat o'zi ochgan reklamalarga tegadi. Qo'lda ochgan reklamalaringiz va Ads Manager'dan import qilinganlari o'zgarishsiz qoladi.

Avtopilotni qanday o'chiraman?

Panelning AI Avtopilot bo'limida bitta tugma bilan. O'chirilganda avtopilot ochgan reklamalar ham pauzaga qo'yiladi — pul o'z-o'zidan ketib qolmaydi.

Daromad yetkazilgan har bir zakazdan

Ombor, kuryer va operator — bizda. Sizdan faqat reklama.

Bepul ro'yxatdan o'tish

Yana o'qing

Barcha qo'llanmalar →