Aldovni qanday ajratish mumkin
Onlayn daromad taklifini ko'rsangiz, uchta savol bering:
- Boshlash uchun pul so'rayaptimi? "Ro'yxat to'lovi", "kurs", "depozit" — bularning hammasi xavf belgisi.
- Pul nimadan keladi? Agar daromad faqat yangi odam olib kelishdan bo'lsa — bu piramida. Haqiqiy biznesda pul sotilgan tovar yoki xizmatdan keladi.
- Pulni yechib olish mumkinmi? Minimal summa va to'lov muddati oldindan aniq yozilgan bo'lishi kerak.
Birinchi Shop'da ro'yxatdan o'tish bepul, pul real sotuvdan keladi (mijoz tovarni olib, pulini to'laydi), yechib olish sharti ochiq: minimal 50 000 so'm, 1 kun ichida.
Bu yerda pul qanday ishlanadi
Siz reklamachi bo'lasiz. Katalogdan tovar tanlaysiz — maishiy texnika, go'zallik, uy-ro'zg'or, bolalar uchun mahsulotlar va boshqalar. Har bir tovar uchun sizga shaxsiy havola va tayyor sotuv sahifasi beriladi.
Havolani tarqatasiz: o'z kanalingizda, guruhlarda, Instagram'da yoki tanishlaringiz orasida. Kimdir havola orqali zakaz qoldirsa — operatorlarimiz unga qo'ng'iroq qiladi, kuryer tovarni yetkazadi. Mijoz tovarni qabul qilgach, komissiya (tovarga qarab 30 000 so'mdan 100 000 so'mdan ortiqqacha) balansingizga tushadi.
Bugunoq boshlang
Ro'yxatdan o'ting, tovar tanlang va birinchi havolangizni oling.
Reklamachi bo'lishKimlarga mos
- Talabalar — o'qishdan bo'sh vaqtda telefon orqali.
- Uydagi onalar — ish joyiga bog'lanmasdan, o'zingizga qulay vaqtda.
- Ishlaydiganlar — asosiy ishdan tashqari qo'shimcha daromad sifatida.
- Bloger va kanal egalari — auditoriyangizni pulga aylantirish uchun.
Tajriba shart emas: panelda qadamma-qadam ko'rsatma bor, savollar bo'lsa yordam beramiz.
Boshlash uchun 3 qadam
- Bepul ro'yxatdan o'ting.
- Telegram botimizni ulang — har bir yangi zakaz va daromad haqida darhol xabar olasiz.
- Birinchi tovaringizni tanlab, havolani tarqating.
Ko'p beriladigan savollar
Ro'yxatdan o'tish pullikmi?
Yo'q, butunlay bepul. Karta raqami yoki hujjat ham so'ralmaydi.
Kompyuter kerakmi?
Shart emas. Hamma ish telefondan bajariladi — reklamachilar uchun Android ilova ham bor.
Kuniga qancha vaqt ketadi?
O'zingiz belgilaysiz. Kimdir kuniga bir soat ajratadi, kimdir buni asosiy ishga aylantiradi.
Pul qayerga tushadi?
O'zbekistondagi istalgan bank kartangizga (16 raqamli). So'rovdan keyin 1 kun ichida.