Birinchi Shop

Qo'shimcha daromad: asosiy ishni tashlamasdan

Asosiy ish barqarorlik beradi, lekin ko'pincha oylik yetmaydi. Ikkinchi ishga vaqt yo'q. Yechim — vaqtga emas, natijaga bog'liq qo'shimcha daromad.

Bepul ro'yxatdan o'tish
1 daqiqa · karta va hujjat so'ralmaydi
30 000+so'm har bir yetkazilgan zakazdan
1 kunto'lov muddati
300+faol tovar
0 so'mboshlash uchun sarmoya

Vaqt topish

Qo'shimcha daromad uchun alohida soat kerak emas — kunning "o'lik" vaqtlari yetarli:

  • Ishga ketayotganda transportda — post matnini yozish.
  • Tushlik tanaffusida — guruhlarga joylash.
  • Kechqurun — xabarlarga javob va statistika.
  • Dam olish kuni — haftalik video tayyorlash.

Kasbingizdan foydalaning

Har bir kasb o'z auditoriyasiga ega. Haydovchi — avto aksessuarlar, oshpaz — oshxona anjomlari, sportchi — sport buyumlari, o'qituvchi — ota-onalar guruhi orqali bolalar buyumlari. Siz biladigan sohadagi tovarni tavsiya qilish oson va ishonchli.

Bugunoq boshlang

Ro'yxatdan o'ting, tovar tanlang va birinchi havolangizni oling.

Reklamachi bo'lish

Qo'shimchadan asosiyga

Ko'pchilik reklamachilar qo'shimcha daromad sifatida boshlagan. Oyiga o'nlab zakaz barqaror kela boshlagach, ba'zilar buni asosiy ishga aylantiradi. Shoshilmang: avval 2–3 oy barqaror natija ko'ring.

Ko'p beriladigan savollar

Ish beruvchim bilishi shartmi?

Bu sizning shaxsiy faoliyatingiz. Faqat ish vaqtida va ish resurslaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi.

Daromad oylikmi yoki zakazbay?

Zakazbay: har bir yetkazilgan zakaz uchun komissiya. Pulni 50 000 so'm to'planganda istalgan payt yechasiz.

Soliq ushlanadimi?

Pul o'zini o'zi band qilgan shaxs (yoki YaTT) sifatida Paynet Xolis hisobingizga o'tadi. Aylanmadan olinadigan 1% soliqni Paynet o'zi ushlaydi — hisobot topshirish shart emas.

Daromad yetkazilgan har bir zakazdan

Ombor, kuryer va operator — bizda. Sizdan faqat reklama.

Bepul ro'yxatdan o'tish

Yana o'qing

Barcha qo'llanmalar →