Bu kimga kerak
- Arbitrajchilar — Keitaro, Binom, Voluum kabi trekerda reklama xarajati va natijani bitta joyda ko'rish uchun.
- O'z landingi bor reklamachilar — zakaz formasi o'z saytingizda bo'lsa, zakazni to'g'ridan-to'g'ri platformaga yuborish uchun.
- Dasturchilar — o'z botingiz, CRM yoki jadvalingizga offerlar va zakaz statuslarini tortib olish uchun.
- AI yordamchidan foydalanuvchilar — Claude yoki ChatGPT'ga "eng yaxshi sotilayotgan tovarni top va link och" deb topshiriq berish uchun.
1-qadam: API kalit yaratish
- Panelda API va integratsiya bo'limini oching.
- Kalit yaratish tugmasini bosing, nom bering (masalan, "Keitaro") va faqat kerakli ruxsatlarni belgilang.
- Xohlasangiz, kalitni faqat serveringiz IP manziliga bog'lang va amal qilish muddatini tanlang.
- Kalit faqat bir marta ko'rsatiladi — uni nusxalab, serveringizda saqlang. Hech kimga bermang va sayt kodiga yozmang.
Kalit yaratilganda sizga Telegram va panel orqali xabar keladi. Biror kalitni siz yaratmagan bo'lsangiz — darhol bekor qiling.
Bugunoq boshlang
Ro'yxatdan o'ting, tovar tanlang va birinchi havolangizni oling.
Reklamachi bo'lish2-qadam: trekerga postback ulash
Postback — zakaz statusi o'zgarganda platforma trekeringizga o'zi yuboradigan so'rov. Uni ulash uchun ikki narsa kerak:
- Linkka click_id qo'shish. Oqim havolasiga trekeringizning click ID makrosini qo'shing:
https://birinchishop.uz/l/123?click_id={subid}(Keitaro'da odatda{subid}, Binom'da{clickid}). Qo'shimcha belgilar uchunsub1–sub5ham bor. - Postback manzilini qo'shish. Panelda "Webhook va postbacklar" → "Qo'shish" → Postback. Trekeringiz bergan postback URL ga bizning makroslarni qo'ying, masalan:
https://tracker.example.com/postback?subid={click_id}&status={conversion_status}&payout={payout}
| conversion_status | Ma'nosi |
|---|---|
| lead | Zakaz tushdi, hali tasdiqlanmagan |
| approved | Mijoz telefonda tasdiqladi, tovar yo'lda |
| sale | Yetkazildi va to'landi — daromad hisoblandi |
| rejected | Bekor qilindi yoki qaytdi — daromad yo'q |
Trekeringizda bu statuslarni o'zingizdagi nomlarga moslang (masalan, approved → hold). "Sinash" tugmasi namunaviy postback yuboradi — ulanganini darhol tekshirasiz. Yetkazish tarixida har bir so'rov va trekerning javobi ko'rinadi.
3-qadam: o'z saytingizdan zakaz yuborish
Landingingizdagi forma zakazni to'g'ridan-to'g'ri platformaga yuborishi mumkin: POST /api/v1/orders so'roviga oqim ID si, mijoz telefoni va ismi, xohlasangiz click_id yoki o'z zakaz raqamingiz beriladi. Shundan keyin zakaz odatdagidek operatorga tushadi, statusi esa postback yoki webhook orqali qaytadi.
- Bu imkoniyat kamida 3 ta yetkazilgan zakazi bor reklamachilarga ochiladi — soxta zakazlardan himoya.
- Bitta raqam 24 soat ichida bitta tovarga ikki marta zakaz bera olmaydi — xuddi saytdagidek.
Idempotency-Keysarlavhasi bilan so'rovni qayta yuborsangiz ham dubl zakaz yaratilmaydi.
To'liq tavsif, misollar va webhook imzosini tekshirish kodi: API hujjati.
4-qadam: AI yordamchini ulash (MCP)
MCP (Model Context Protocol) — AI yordamchilarni tashqi tizimga ulash standarti. Birinchi Shop'ning MCP manzili: https://birinchishop.uz/api/v1/mcp. Ulangan yordamchi tovarlarni qidiradi, sotuv foizini solishtiradi, link ochadi va statistikani tahlil qiladi — oddiy so'z bilan aytilgan topshiriq bo'yicha.
Claude.ai yoki ChatGPT (kalitsiz): Claude.ai da Settings → Connectors → Add custom connector; ChatGPT da avval Settings → Apps & Connectors → Advanced settings → Developer mode ni yoqib, Create bosing (Authentication: OAuth). Yuqoridagi manzilni kiriting va Connect bosing (ilovalarning pullik tariflarida). Birinchi Shop paneli ochiladi: kirasiz, ruxsatlarni tanlab, parolingiz bilan tasdiqlaysiz. Ulangan ilova panelning "API" bo'limida ko'rinadi va istalgan payt uziladi.
Claude Code kabi dasturlar uchun esa panelda alohida kalit yarating. AI ga odatda faqat ko'rish ruxsatlarini bering, zakaz yuborish ruxsatini bermang.
Xavfsizlik
- Kalitning o'zi bazada saqlanmaydi, faqat uning xeshi — uni platforma xodimlari ham ko'ra olmaydi.
- Har bir integratsiyaga alohida kalit: muammo bo'lsa faqat o'shani bekor qilasiz.
- Mijozning telefon raqami API va postbackda ham yopiq ko'rinishda (oxirgi 4 raqam).
- So'rovlar soniga chegara va xavfsizlik jurnali bor: kim, qachon, qaysi IP dan.
Ko'p beriladigan savollar
API va postback pullikmi?
Yo'q, barcha reklamachilar uchun bepul. Kalitni panelning "API va integratsiya" bo'limida yaratasiz.
Postback qancha vaqtda keladi?
Status o'zgargandan keyin odatda 15 soniya ichida. Treker javob bermasa, platforma bir necha marta qayta urinadi (1 daqiqadan 24 soatgacha oraliq bilan).
Qaysi trekerlar bilan ishlaydi?
GET so'rovni qabul qiladigan istalgan treker bilan: Keitaro, Binom, Voluum, RedTrack va boshqalar. O'z serveringiz uchun imzolangan JSON webhook ham bor.
Mijozning to'liq raqamini olsa bo'ladimi?
Yo'q. Mijozni himoya qilish uchun raqam panelda ham, API da ham faqat yopiq ko'rinishda beriladi.