Birinchi Shop

Telegram kanaldan daromad: reklama kutmasdan pul ishlash

Telegram kanalda pul ishlashning odatiy yo'li — reklama posti sotish. Lekin reklama beruvchi har doim ham topilmaydi. CPA bilan kanalingiz har kuni ishlaydi: o'zingiz tanlagan tovarni joylaysiz va sotuvdan foiz olasiz.

Bepul ro'yxatdan o'tish
1 daqiqa · karta va hujjat so'ralmaydi
30 000+so'm har bir yetkazilgan zakazdan
1 kunto'lov muddati
300+faol tovar
0 so'mboshlash uchun sarmoya

Reklama posti va CPA: farqi nimada

Reklama postiCPA (Birinchi Shop)
Daromad manbaiBir martalik to'lovHar bir yetkazilgan zakaz
Mijoz topishReklama beruvchini qidirasizTovar har doim tayyor
Post qachonReklama beruvchi xohlagandaO'zingizga qulay paytda
Eski postlarQo'shimcha pul bermaydiZakaz kelaversa — daromad davom etadi

Ikkalasini birga qilsa ham bo'ladi: reklama posti yo'q kunlari kanal CPA tovar bilan ishlaydi.

Qanday boshlanadi

  1. Ro'yxatdan o'tib, Telegram botimizni ulaysiz.
  2. Kanalingiz mavzusiga mos tovar tanlaysiz.
  3. Bot orqali tovarning tayyor reklama postini olasiz — rasm, matn va shaxsiy havolangiz bilan. Uni kanalingizga yuborasiz.
  4. Obunachi havola orqali zakaz beradi, biz yetkazamiz, komissiya sizga.

Har bir yangi zakaz va uning holati (qabul qilindi, yo'lda, yetkazildi) haqida bot darhol xabar beradi.

Bugunoq boshlang

Ro'yxatdan o'ting, tovar tanlang va birinchi havolangizni oling.

Reklamachi bo'lish

Kanal uchun foydali maslahatlar

  • Kuniga 1–2 ta tovar yetarli. Ko'p reklama obunachini zeriktiradi.
  • Mavzuga mos tanlang. Ayollar kanaliga uy-ro'zg'or va go'zallik, viloyat yangiliklari kanaliga — hamma uchun kerakli arzon tovarlar.
  • Videoni ishlating. Telegram'da videoli post rasmdan ko'ra ko'proq zakaz oladi.
  • Natijaga qarang. Panelda qaysi tovar qancha zakaz bergani ko'rinadi — ishlaganini takrorlang.

Ko'p beriladigan savollar

Necha obunachi bo'lishi kerak?

Minimal talab yo'q. Faol 1 000 obunachili kanal ham zakaz beradi — muhimi auditoriya tirik bo'lishi.

Guruhda ham ishlasa bo'ladimi?

Ha, guruh qoidalari ruxsat bersa. Spam qilmang — ruxsatsiz guruhlarga havola tashlash qoidabuzarlik hisoblanadi.

Post matnini o'zim yozsam bo'ladimi?

Albatta. Faqat tovar haqida yolg'on va'da bermang va narxni to'g'ri ko'rsating.

Do'stimni taklif qilsam nima bo'ladi?

Siz taklif qilgan reklamachi daromadining 5% i sizga qo'shimcha beriladi — uning o'z daromadi kamaymaydi.

Daromad yetkazilgan har bir zakazdan

Ombor, kuryer va operator — bizda. Sizdan faqat reklama.

Bepul ro'yxatdan o'tish

Yana o'qing

Barcha qo'llanmalar →