Birinchi Shop

CPA tarmoq: O'zbekistonda tovar sotib daromad olish

CPA — bu reklamachi faqat natija uchun pul oladigan hamkorlik modeli. Siz tovarni reklama qilasiz, mijoz zakaz beradi va tovarni qabul qiladi — komissiya balansingizga tushadi. Ombor, kuryer va operator — bizning zimmamizda.

Bepul ro'yxatdan o'tish
1 daqiqa · karta va hujjat so'ralmaydi
30 000+so'm har bir yetkazilgan zakazdan
1 kunto'lov muddati
300+faol tovar
0 so'mboshlash uchun sarmoya

CPA nima?

CPA (Cost Per Action) — "harakat uchun to'lov" degani. Oddiy reklamada ko'rsatish yoki bosish uchun pul to'lanadi, CPA da esa aniq natija uchun: bizning holatda — mijozga yetkazilgan zakaz uchun.

CPA tarmoq — tovar egasi va reklamachini bog'laydigan platforma. Tovar egasi sotuvni xohlaydi, reklamachida esa auditoriya bor: Telegram kanal, Instagram sahifa, TikTok akkaunt yoki target reklama tajribasi. Platforma ikkalasining o'rtasida turadi: zakazlarni qabul qiladi, mijozga qo'ng'iroq qiladi, tovarni yetkazadi va reklamachiga komissiyani hisoblaydi.

Birinchi Shop'da qanday ishlaydi

  1. Ro'yxatdan o'tasiz. Ism, telefon raqam va parol — bir daqiqa. Pul to'lash yoki hujjat talab qilinmaydi.
  2. Tovar tanlaysiz. Katalogda yuzlab tovar bor, har birining yonida bitta yetkazilgan zakazdan qancha olishingiz yozilgan.
  3. Oqim (shaxsiy havola) ochasiz. Har bir tovar uchun tayyor sahifa beriladi — rasmlar, video, narx va zakaz formasi bilan. Havola sizniki: undan kelgan zakaz sizga yoziladi.
  4. Reklama qilasiz. Havolani kanalingizga, sahifangizga, videoga yoki target reklamaga qo'yasiz.
  5. Daromad olasiz. Operatorlar mijoz bilan bog'lanadi, kuryer tovarni yetkazadi. Zakaz "Yetkazildi" bo'lgan zahoti komissiya balansingizda.

Bugunoq boshlang

Ro'yxatdan o'ting, tovar tanlang va birinchi havolangizni oling.

Reklamachi bo'lish

Qancha daromad bo'ladi

Komissiya tovarga qarab belgilanadi: bitta yetkazilgan zakaz uchun 30 000 so'mdan 100 000 so'mdan ortiqqacha. Kuniga 5 ta yetkazilgan zakaz, har biridan o'rtacha 40 000 so'm — bu oyiga taxminan 6 mln so'm degani.

Bu hisob kafolat emas: natija tovarni to'g'ri tanlash va auditoriyangiz sifatiga bog'liq. Lekin model halol — qancha zakaz yetkazilsa, shuncha daromad, hech qanday yashirin shart yo'q.

Nima uchun aynan CPA

  • Sarmoya kerak emas — tovar sotib olmaysiz, omborga pul qo'ymaysiz.
  • Tovar qaytsa zarar sizda emas — mijoz tovarni olmasa, siz faqat shu zakaz uchun komissiya olmaysiz, xolos.
  • Logistika bilan ishingiz yo'q — qo'ng'iroq, qadoqlash, yetkazib berish va pulni yig'ish platformada.
  • Hammasi shaffof — panelda har bir zakazning holati ko'rinadi: yangi, qabul qilindi, yo'lda, yetkazildi.

Ko'p beriladigan savollar

CPA tarmoqda ishlash uchun nima kerak?

Telefon va auditoriya: Telegram kanal, Instagram yoki TikTok sahifa, guruhlar yoki target reklama qila olish. Ro'yxatdan o'tish bepul.

Komissiya qachon hisoblanadi?

Zakaz mijozga yetkazilib, "Yetkazildi" holatiga o'tganda. Shu zahoti summa balansingizga qo'shiladi.

Pulni qanday yechib olaman?

Bir marta guvohnoma va Paynet Xolis hisob raqamingizni yuklaysiz, keyin panelda so'rov qoldirasiz. Minimal summa — 50 000 so'm, to'lov 1 kun ichida tushadi, soliq atigi 1% (Paynet ushlaydi).

Zakaz yetkazilishini kutmasdan pul olsa bo'ladimi?

Ha. Qabul qilingan, hali yetkazilmagan zakazlar daromadining 20% ini oldindan yechib olish mumkin (minimal 100 000 so'm).

Daromad yetkazilgan har bir zakazdan

Ombor, kuryer va operator — bizda. Sizdan faqat reklama.

Bepul ro'yxatdan o'tish

Yana o'qing

Barcha qo'llanmalar →