Klassik dropshipping va Birinchi Shop
| O'zingiz qilsangiz | Birinchi Shop bilan | |
|---|---|---|
| Yetkazib beruvchi topish | Siz | Tovar katalogda tayyor |
| Sotuv sahifasi | Siz yasaysiz | Har bir tovar uchun tayyor |
| Mijozga qo'ng'iroq | Siz | Operatorlarimiz |
| Yetkazish va pul yig'ish | Siz kuryer topasiz | Butun O'zbekiston bo'ylab — biz |
| Qaytgan tovar | Zarar sizda | Faqat komissiya hisoblanmaydi |
| Boshlash xarajati | Sayt, reklama, namuna tovar | 0 so'm |
Qanday ishlaydi
- Bepul ro'yxatdan o'tasiz va katalogdan tovar tanlaysiz.
- Tovar uchun shaxsiy havola olasiz — u tayyor sotuv sahifasiga olib boradi.
- Havolani reklama qilasiz: ijtimoiy tarmoqlar, kanallar yoki target reklama.
- Mijoz zakaz beradi → operator tasdiqlaydi → kuryer yetkazadi → mijoz to'laydi.
- Komissiya balansingizga tushadi va kartaga yechib olasiz.
Bugunoq boshlang
Ro'yxatdan o'ting, tovar tanlang va birinchi havolangizni oling.
Reklamachi bo'lishO'z do'koningizdek
Brendingiz bilan ishlashni xohlasangiz, o'z landing sahifalaringizni yasash mumkin — shaxsiy subdomeningizda, o'z Meta pikselingiz bilan. Mijoz uchun bu sizning do'koningiz, orqa tomondagi butun logistika esa bizda.
Ko'p beriladigan savollar
Tovar narxini o'zim belgilaymanmi?
Yo'q, narx katalogda belgilangan, sizning daromadingiz — har bir yetkazilgan zakaz uchun aniq komissiya. Bu mijozlar uchun narxni bir xil va ishonchli qiladi.
Mijoz tovarni qaytarsa nima bo'ladi?
Tovar va pul masalasini biz hal qilamiz. Siz uchun yagona oqibat — o'sha zakaz uchun komissiya hisoblanmaydi.
Qaysi hududlarga yetkaziladi?
O'zbekistonning barcha viloyatlariga.
Yuridik shaxs ochish kerakmi?
Yo'q. Boshlash uchun hech narsa shart emas. Pul yechishdan oldin bir marta o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tasiz (Paynet Xolis orqali bepul, ~10 daqiqa) yoki YaTT guvohnomangizni yuklaysiz. Soliq atigi 1%, uni Paynet o'zi ushlaydi.