Offer qanday ishlaydi
- Model: CPA, to'lov — yetkazilgan (sotib olingan) zakaz uchun.
- Geo: O'zbekiston, butun viloyatlar bo'yicha yetkazish.
- Mijoz to'lovi: tovarni olganda (COD) — oldindan to'lov yo'q, shuning uchun konversiya yuqori.
- Oqim: har bir offer uchun shaxsiy havola va tayyor landing, xohlasangiz — o'z pikselingiz bilan o'z landingingiz.
Statistika va nazorat
Panelda har bir zakazning yo'li ko'rinadi: yangi → qabul qilindi → jo'natildi → yetkazildi yoki bekor. Shu ma'lumot asosida:
- approve (qabul) va yetkazilish foizini oqim bo'yicha hisoblaysiz;
- yomon manbani o'z vaqtida to'xtatasiz;
- ishlayotgan kreativni kattalashtirasiz.
Har bir yangi zakaz va holat o'zgarishi Telegram botga keladi — panelni doim ochib o'tirish shart emas.
Trekerda ishlasangiz, statuslar postback orqali to'g'ridan-to'g'ri Keitaro yoki Binom'ga boradi, o'z landingingizdan esa zakazni API orqali yuborasiz. Batafsil: Postback va API: treker hamda saytni ulash.
Bugunoq boshlang
Ro'yxatdan o'ting, tovar tanlang va birinchi havolangizni oling.
Reklamachi bo'lishTo'lov shartlari
- Komissiya zakaz "Yetkazildi" bo'lgan zahoti balansda.
- Yechish — 50 000 so'mdan, Paynet Xolis hisobingizga 1 kun ichida, soliq atigi 1%.
- Kutishni xohlamasangiz: qabul qilingan, hali yetkazilmagan zakazlar daromadining 20% ini oldindan olish mumkin (minimal 100 000 so'm) — byudjetni aylantirish uchun qulay.
Qaysi manbalar ishlaydi
O'zbekistonda eng ko'p hajm beradigan manbalar — Meta (Instagram va Facebook), TikTok, Telegram kanallaridagi reklama va Telegram Ads. Kreativda tovarning ishlashini real ko'rsatish yaxshi natija beradi, soxta va'da va boshqa brend nomidan gapirish esa taqiqlangan.
Ko'p beriladigan savollar
Postback/piksel bormi?
Ha, ikkalasi ham bor. Panelda API kalit yaratib, Keitaro, Binom kabi trekerlarga S2S postback ulaysiz: click_id va sub1–sub5 qaytadi, status lead → approved → sale/rejected bo'lib keladi. O'z landing sahifalaringizga Meta pikselini ham ulash mumkin.
Qaysi trafik taqiqlangan?
Soxta zakaz va botlar, yolg'on reklama, nusxa saytlar va kontekst reklamada brend nomidan foydalanish, spam.
Hold bormi?
Komissiya zakaz yetkazilgandan keyin hisoblanadi — bu asosiy shart. Shundan keyin pul darhol balansda va yechib olishga tayyor.
Komissiya o'zgarsa nima bo'ladi?
Yangi stavka faqat yangi zakazlarga qo'llanadi, oldin kelgan zakazlar eski stavkada qoladi.