Qaysi videolar zakaz olib keladi
- Shorts — tovar ishda: "oldin / keyin", "30 soniyada qanday ishlaydi".
- Sharh (obzor) — tovarni ochish, afzallik va kamchiliklari, halol fikr.
- Top ro'yxat — "oshxona uchun 5 ta foydali buyum", "avto uchun 7 ta aksessuar".
- Muammo-yechim — tomoshabinning muammosi va uni hal qiladigan tovar.
Havolani qayerga qo'yish
- Video tavsifining birinchi qatoriga — "Zakaz: havola".
- Qadalgan (pinned) izohga.
- Shorts'da — videoning o'zida "havola izohda" deb ayting.
Shaxsiy havola orqali kelgan har bir zakaz sizga yoziladi, panelda qaysi videodan qancha zakaz kelganini kuzatish uchun har bir video uchun alohida oqim ochishingiz mumkin.
Bugunoq boshlang
Ro'yxatdan o'ting, tovar tanlang va birinchi havolangizni oling.
Reklamachi bo'lishMualliflik huquqiga e'tibor
Paneldagi tovar videolari — reklama uchun beriladi, ularni ishlatishingiz mumkin. Lekin boshqa kanallarning videolari va musiqalarini ruxsatsiz ishlatmang: YouTube Content ID ularni aniqlaydi va kanalingiz jarimaga tushishi mumkin. Eng yaxshisi — tovarni o'zingiz suratga olish.
Ko'p beriladigan savollar
Kanalim yangi bo'lsa ham bo'ladimi?
Ha. Shorts yangi kanallarni ham tavsiya qiladi, monetizatsiya shartlari bu daromadga ta'sir qilmaydi.
Yuzimni ko'rsatishim shartmi?
Yo'q. Faqat qo'llar va tovar ko'rinadigan videolar ham yaxshi ishlaydi.
YouTube reklamasi daromadi bilan birga bo'ladimi?
Ha, bir-biriga xalaqit bermaydi. Monetizatsiya ulangach, ikkala daromad ham keladi.