Qanday xabar berish kerak
Telegram'da rasmiy support akkauntiga shaxsiy xabar yozing: @birinchishop_support. O'zbek, rus yoki ingliz tilida. Xuddi shu aloqa /.well-known/security.txt faylida (RFC 9116).
- Zaiflik qayerda (URL, API endpoint yoki ilova versiyasi).
- Uni qanday takrorlash mumkin — qadamlar, so'rov va javob namunasi.
- Qanday ta'sir qiladi: kimning qaysi ma'lumotiga kirish yoki qanday amalni bajarish mumkin.
- Siz bilan qanday bog'lanamiz.
Tafsilotni ochiq guruh yoki kanalda yozmang — faqat shaxsiy xabarda. Shifrlash kaliti (PGP) yo'q.
Qamrov
- birinchishop.uz sayti va reklamachi paneli.
- Ochiq API (
/api/v1), MCP serverlari va OAuth ulanishi. - Reklamachilarning landing subdomenlari (
*.birinchishop.uz) — platforma qismi sifatida. - Reklamachi Android ilovasi (birinchishop.uz/reklamachi.apk) va Telegram botimiz @Birinchishop_bot.
Qamrovdan tashqari
- Tashqi xizmatlarning o'zi: Cloudflare, Meta, Telegram, to'lov va monitoring xizmatlari, call-markaz va yetkazib berish hamkorlarining tizimlari — ularga o'z dasturlari orqali yozing.
- Xodimlarni aldash (ijtimoiy muhandislik), fishing, jismoniy kirish.
- Xizmatni ishdan chiqarish (DoS) va yuklama sinovi.
- Amaliy ta'sirsiz topilmalar: avtomatik skaner hisobotlari, faqat «eng yaxshi amaliyot» sarlavhalari yo'qligi, ta'sirsiz versiya ma'lumoti.
Tekshiruv qoidalari: nima qilmaslik kerak
- Haqiqiy zakaz yaratmang. Har zakazga call-markaz haqiqiy odamga qo'ng'iroq qiladi. Zakaz formasi, AI yordamchi yoki haqiqiy (bsk_live_) API kaliti orqali sinov zakazi yubormang. API'ni sinash uchun sinov kaliti (bsk_test_) bor — u bilan zakaz yaratilmaydi.
- Faqat o'z akkauntingizda. Boshqa reklamachi yoki mijozning ma'lumotini ochmang, o'zgartirmang, o'chirmang. Tasodifan begona ma'lumotni ko'rsangiz — to'xtang, saqlamang va bizga yozing.
- Xizmatni sekinlashtirmang. Yuqori tezlikdagi avtomatik skaner, ommaviy so'rov va spam yubormang.
- Pul va to'lovga tegmang. Pul yechish, balans yoki boshqa hisobga o'tkazish bilan tajriba qilmang.
- Oshkor qilmang. Zaiflik tuzatilmaguncha uni ommaga yoki uchinchi shaxsga aytmang.
Javob tartibi
- Support har kuni 07:00–23:00 (Toshkent vaqti) ishlaydi.
- Maqsadimiz: xabar olinganini 3 kun ichida tasdiqlash va dastlabki bahoni (zaiflikmi, qanchalik jiddiy) 10 kun ichida aytish.
- Tuzatish muddati jiddiyligiga bog'liq; tuzatilgach sizga xabar beramiz.
Mukofot va yaxshi niyatli tadqiqot
Pul mukofoti (bug bounty) dasturi yo'q va hisobot uchun to'lov va'da qilinmaydi. Mukofot shart qilib qo'yilgan murojaatlar ko'rib chiqilmaydi.
Shu qoidalarga amal qilib, yaxshi niyat bilan tekshirgan va topganini avval bizga xabar qilgan odamga nisbatan biz da'vo qilish niyatida emasmiz.
Platforma ma'lumotni qanday himoya qilishi — Xavfsizlik va ma'lumotlar himoyasi sahifasida.
Ko'p beriladigan savollar
Birinchi Shop'da xavfsizlik zaifligini topsam qayerga yozaman?
Telegram'da @birinchishop_support ga shaxsiy xabar: qayerda, qanday takrorlanadi, qanday ta'sir qiladi. Aloqa /.well-known/security.txt faylida ham bor.
Pul mukofoti beriladimi?
Yo'q. Pul mukofoti (bug bounty) dasturi yo'q va hisobot uchun to'lov va'da qilinmaydi.
Sinov uchun zakaz yuborsam bo'ladimi?
Haqiqiy zakaz — yo'q: har zakazga call-markaz haqiqiy odamga qo'ng'iroq qiladi. API'ni sinov kaliti (bsk_test_) bilan sinang — u haqiqiy kalit bilan bir xil tekshiruvlardan o'tadi, lekin zakaz yaratilmaydi va hech kimga qo'ng'iroq qilinmaydi.
Qancha vaqtda javob berasiz?
Maqsadimiz — xabar olinganini 3 kun ichida tasdiqlash va dastlabki bahoni 10 kun ichida aytish. Support har kuni 07:00–23:00 (Toshkent vaqti) ishlaydi.
Qaysi tizimlar qamrovda?
birinchishop.uz sayti va paneli, /api/v1, MCP serverlari va OAuth, landing subdomenlari, reklamachi Android ilovasi va @Birinchishop_bot. Tashqi xizmatlar (Cloudflare, Meta, Telegram va b.) va DoS qamrovda emas.