Birinchi Shop

Birinchi Shop imkoniyatlari: reklamachiga nimalar beriladi

Birinchi Shop — O'zbekistondagi CPA platforma: siz tovarni reklama qilasiz, ombor, operator, yetkazish va pul yig'ish bizda. Bu sahifada reklamachi panelida, Telegram botda va ilovada mavjud barcha imkoniyatlar bitta joyda — birinchi qadamdan tortib AI boshqaradigan target reklamagacha. Oxirgi qo'shilganlari "yangi" deb belgilangan.

Bepul ro'yxatdan o'tish
1 daqiqa · karta va hujjat so'ralmaydi
30 000+so'm har bir yetkazilgan zakazdan
1 kunto'lov muddati
300+faol tovar
0 so'mboshlash uchun sarmoya

Yangi boshlovchilar uchun

  • Video darslar (yangi, 2026-yil oktabr). Panel bosh sahifasida ismingiz yonida story ko'rinishidagi qisqa video darslar bor — telefonda Instagram story'dek ko'riladi. Hozir 3 ta dars: "Video + o'z raqamingiz: mijoz o'zi qo'ng'iroq qiladi", "E'lon berish: OLX va birbir orqali mijoz topish" va "Target reklama: Instagram va Facebook orqali mijoz". Har biri 1 daqiqa atrofida, o'zbek tilida, ovoz bilan.
  • Birinchi zakazga 10 000 so'm bonus (yangi). Birinchi haqiqiy zakazingiz operator tomonidan tasdiqlanishi bilan balansingizga darhol 10 000 so'm qo'shiladi — yetkazilishini kutish shart emas. Bonus haqiqiy mijoz zakazi uchun: o'zingizning yoki boshqa reklamachining raqamidan berilgan zakazga berilmaydi.
  • Ustoz (yangi). Tajribali reklamachi yangi boshlovchiga ustoz bo'lib, birinchi zakazgacha yo'l ko'rsatadi. Ro'yxatdan o'tganiga 30 kun bo'lmagan, taklif kodi bilan kelmagan va hali yetkazilgan zakazi yo'q reklamachi panelda "Ustoz olish" tugmasini bosadi va unga faol ustoz biriktiriladi (Telegram orqali bog'lanasiz). Ustoz shogird daromadining 5% ini referal sifatida oladi — shogirdning o'z daromadi kamaymaydi. Ustoz bo'lish uchun oxirgi 60 kunda kamida 20 ta yetkazilgan zakaz, kamida 20% sotuv foizi va Telegram username kerak; ustoz bo'lishni Referal bo'limida o'zi yoqadi.
  • Birinchi hafta yo'riqnomasi. Telegram botni ulagan yangi reklamachiga birinchi hafta davomida qaysi bosqichda ekaniga qarab qisqa maslahat keladi: tovar tanlash, birinchi joylash, birinchi zakaz.
  • Bosqichma-bosqich boshlash. Panelda "Boshlash" yo'rig'i bor: tovar tanlash → havola olish → Telegram botdan tayyor reklama postini olish → joylash.

Mijoz topish uchun tayyor vositalar

  • Tanishlarga yuborish (yangi). Har bir tovar kartasida "👥 Tanishlarga" tugmasi bor. U 3 xil tayyor o'zbekcha matn beradi (do'stona, story uchun, rasmiyroq) va sizning havolangiz bilan Telegram, WhatsApp, SMS orqali yuborish, rasm bilan ulashish yoki nusxa olish imkonini beradi. Tanish-bilishlar orasida birinchi zakazni olishning eng tez yo'li.
  • Tayyor reklama posti. Tovar kartasidagi "📣 Post" tugmasi Telegram botga rasm yoki video, narx va havolangiz bilan tayyor postni yuboradi — kanalingizga yoki guruhga uzatasiz.
  • Shaxsiy havola va statistika. Har bir tovar uchun alohida havola: kim ko'rdi, nechta zakaz, nechtasi qabul qilindi va yetkazildi — panelda va botda.
  • O'z landing sahifalaringiz. O'z subdomeningizda tovar sahifalari (15 tagacha) va o'z Facebook pikselingiz bilan xaridlarni kuzatish.
  • Ochiq tovarlar katalogi. Har bir tovarning daromadi, narxi va ishonchli sotuv foizi ko'rsatiladi. Yangi: yetarli ma'lumot bo'lsa (30+ yakunlangan zakaz, 2+ reklamachi), foiz bizning platformadagi haqiqiy yetkazilish natijasidan olinadi — qaysi tovar haqiqatan sotilishini oldindan ko'rasiz.

Bugunoq boshlang

Ro'yxatdan o'ting, tovar tanlang va birinchi havolangizni oling.

Reklamachi bo'lish

AI yordamchi va shaxsiy AI menejer

Panelning o'ng pastki burchagidagi AI tugmasi va Telegram botdagi chat — bitta AI yordamchi. Unga oddiy so'z bilan yozasiz yoki ovozli xabar yuborasiz (panelda 🎤, botda voice), u o'zbek, rus va ingliz tilida javob beradi.

  • Tovar tanlab beradi — daromadi yoki sotuv foizi eng yuqori, zaxirasi bor tovarlarni topadi.
  • Telegramga post yuboradi (yangi) — "shu 3 ta tovar postini yubor" desangiz, tayyor postlar botga keladi.
  • Mijoz zakazini kiritadi (yangi) — mijoz sizga telefonda yoki direktda yozgan bo'lsa, ismi va raqamini AI ga yozasiz; u zakazni sizning havolangizga tasdiqlash kartasi bilan kiritadi.
  • Zakaz, balans va pul yechish (yangi) — "45-zakaz qayerda?", "balansim qancha, qachon yechaman?" kabi savollarga panel ma'lumoti bilan javob beradi va pul yechish uchun nima qilish kerakligini tushuntiradi.
  • Meta reklama — "shu tovarga kuniga 50 000 so'mdan reklama yoq" desangiz, kreativ, o'zbekcha matn, lead forma, hudud va auditoriyani tayyorlab, tasdiqlash kartasini chiqaradi. Ishlayotgan reklamaning video yoki rasmini almashtirish, pauza, byudjet va reklamani belgilangan vaqtda boshlash (yangi) ham chatda.
  • Xavfsizlik — pul sarflaydigan har bir amal faqat siz "Tasdiqlash" tugmasini bosganingizdan keyin bajariladi.

Shaxsiy AI menejer (yangi). Har kuni ertalab soat 9:00 da Telegram botga kechagi natijangiz bo'yicha qisqa maslahat keladi: qaysi tovar yaxshi ketyapti, qaysini to'xtatish kerak, qaysi kuchli tovarga o'tish mumkin. Javob yozsangiz, AI suhbatni davom ettiradi.

Meta reklama va AI avtopilot

O'z Facebook reklama akkauntingiz va sahifangizni panelga bir marta ulaysiz — keyin Instagram va Facebook reklamasini paneldan, AI yordamchi orqali yoki AI avtopilot bilan boshqarasiz. Reklamadan kelgan zayavkalar avtomatik zakaz bo'ladi.

  • AI avtopilot. Siz kunlik byudjet chegarasini (25 000 so'mdan) berasiz — AI tovar tanlaydi, test qiladi, har 3 soatda tekshiradi, muammo qaysi bosqichda ekanini aniqlab tuzatadi va natija bo'lmasa yaxshiroq tovarga o'tadi.
  • Kreativ yo'lini o'zingiz tanlaysiz (yangi): Instagram post orqali (avval profilingizga post chiqadi, reklama shu postga beriladi — layk va izohlar profilingizda qoladi), bitta kreativ yoki bir nechta kreativ bilan A/B test.
  • Kreativda telefon raqamingiz (yangi, ixtiyoriy) — video yoki rasmga raqamingiz yoziladi, mijoz to'g'ridan-to'g'ri qo'ng'iroq qilishi mumkin.
  • Sotuv maqsadi (yangi) — lead formadan tashqari, landing sahifa va piksel orqali "xarid" maqsadida reklama.
  • Tungi pauza (yangi) — kechasi operator ishlamaydigan soatlarda reklama to'xtatiladi va ertalab qayta yoqiladi, pul behuda ketmaydi.
  • Sizdan so'raydi — avtopilot tovarni almashtira olmasa, nima qilishni sizdan so'raydi: boshqa tovar, to'xtatish yoki davom ettirish.
  • Meta akkount salomatligi (yangi) — kuniga 4 marta akkauntingiz tekshiriladi: to'lov qarzi, cheklov, ruxsatlar. Muammo bo'lsa, qanday tuzatishni oddiy tilda yozib yuboradi.
  • Izohlarga AI javob — reklama ostidagi savollarga AI qisqa javob beradi, izohda raqam qoldirgan mijozdan zakaz yaratiladi.

Daromad, bonus va to'lov

  • Har yetkazilgan zakazdan komissiya — tovarga qarab 30 000 so'mdan 100 000 so'mdan ortiqqacha, katalogda har tovar uchun aniq yozilgan.
  • Birinchi pul yechish 20 000 so'mdan (yangi) — keyingilari 50 000 so'mdan. Pul 1 kun ichida Paynet Xolis hisobingizga tushadi, 1% soliqni Paynet ushlaydi.
  • Kunlik qabul bonusi (yangi) — bir kunda (07:00–23:00) kamida 10 ta zakazingiz operator tomonidan qabul qilinsa, har biriga qo'shimcha 3 000 so'm (10 ta — 30 000 so'm).
  • Oldindan yechish — qabul qilingan, hali yetkazilmagan zakazlar daromadining 20% gachasini kutmasdan olish (100 000 so'mdan; foiz sotuv natijangizga bog'liq).
  • Referal 5% — taklif qilgan do'stingiz daromadining 5% i sizga. Taklif kodingiz — ismingiz (masalan, AZIZ), eslab qolish oson.
  • Oylik natija kartasi (yangi) — har oyning 1-kuni o'tgan oy natijalaringiz story-karta ko'rinishida keladi; summani yashirib ulashish mumkin.

Panel, ilova va bot

  • Panel uch tilda — o'zbek, rus va ingliz.
  • Android ilova va Telegram bot — zakaz holatlari, yangi zakaz xabari, post, AI chat va hisobotlar telefoningizda.
  • API, postback va MCP — arbitrajchi va dasturchilar uchun: trekerga postback, o'z saytdan zakaz yuborish, Claude yoki ChatGPT kabi AI agentni ulash. Batafsil: qo'llanma.
  1. Bepul ro'yxatdan o'ting — 1 daqiqa, karta va hujjat so'ralmaydi.
  2. Panel bosh sahifasidagi video darslarni ko'ring va tovar tanlang.
  3. Telegram botni ulang — post, maslahat va hisobotlar shu yerga keladi.

Ko'p beriladigan savollar

Bu imkoniyatlar pullikmi?

Yo'q. Ro'yxatdan o'tish, panel, video darslar, AI yordamchi, bonuslar va Telegram bot bepul. Meta target reklamani ishlatsangiz, reklama pulini o'z kartangizdan Meta'ga to'laysiz.

Birinchi zakaz bonusini qanday olaman?

Ro'yxatdan o'tib, tovar havolasini tanishlaringizga yoki auditoriyangizga ulashasiz. Birinchi haqiqiy mijoz zakazingiz operator tomonidan tasdiqlanganda 10 000 so'm balansingizga avtomatik tushadi.

Ustozni qanday olaman?

Ro'yxatdan o'tgandan keyingi 30 kun ichida, taklif kodisiz kelgan va hali yetkazilgan zakazingiz bo'lmasa, panel bosh sahifasida "Ustoz olish" tugmasi chiqadi. Bo'sh ustoz bo'lsa, u sizga biriktiriladi va Telegram orqali bog'lanasiz.

AI yordamchi o'zi pul sarflaydimi?

Yo'q. Reklama yoqish, byudjetni oshirish yoki zakaz kiritish kabi amallar tasdiqlash kartasi bo'lib keladi va faqat siz tugmani bosganingizdan keyin bajariladi. AI avtopilotning "Avtomatik" rejimida esa siz bergan kunlik chegara ichida ishlaydi.

Video darslar qayerda?

Reklamachi paneli bosh sahifasida, ismingiz yonidagi doirachalarda. Telefonda to'liq ekranda story kabi ochiladi.

Telegram botni ulash shartmi?

Shart emas, lekin tavsiya qilinadi: zakaz xabarlari, tayyor postlar, AI menejer maslahati, birinchi hafta yo'riqnomasi va AI avtopilot hisobotlari botga keladi.

Daromad yetkazilgan har bir zakazdan

Ombor, kuryer va operator — bizda. Sizdan faqat reklama.

Bepul ro'yxatdan o'tish

Yana o'qing

Barcha qo'llanmalar →