O'zgarishlar
Reklamachilar uchun yangi imkoniyatlar va e'lonlar — Platforma yangiliklari.
- Integratsiyan8n ulagichi va SDK 0.2.0
n8n uchun rasmiy ulagich chiqdi: npm paketi n8n-nodes-birinchishop (amallar va imzosi tekshiriladigan webhook triggeri; n8n → Settings → Community nodes orqali o'rnatiladi). Node.js va Python SDK 0.2.0 (npm, PyPI): sinov kaliti rejimi, sinov zakazi holatini o'zgartirish, xato turlari bo'yicha alohida klasslar. GitHub · API hujjati
- IntegratsiyaBrauzer bildirishnomalari (Web Push)
Reklamachi panelida shaxsiy bildirishnomalar (zakaz qabul qilindi, yetkazildi, daromad) endi brauzer yopiq bo'lsa ham keladi: Profil → Brauzer bildirishnomalari. Qaysi turdagi bildirishnoma kelishini (zakazlar, pul yechish, bonuslar, reklama, offerlar, maslahatlar) o'zingiz tanlaysiz. Standart Web Push; iPhone'da panel bosh ekranga qo'shilgan bo'lishi kerak. Hisobdan chiqilganda yoki qurilma chiqarilganda shu qurilmaga bildirishnoma yuborilmaydi. Texnik imkoniyatlar
- API /api/v1 ga ta'sir qiladiKohort tahlili va multi-touch atributsiya hisoboti
Statistikada ikki yangi hisobot. Kohort tahlili: zakazlar yaratilgan haftasi bo'yicha, 3, 7, 14 va 30 kun ichida yetkazilganlar ulushi (GET /stats/cohorts). Multi-touch atributsiya: havola yoki landing orqali kelgan zakazning birinchi, oxirgi va yordamchi teginishlari (GET /stats/attribution); buning uchun xaridor brauzeriga shaxsiy ma'lumotsiz birinchi tomon cookie qo'yiladi (maxfiylik siyosatining 5.3-bandi). To'lov qoidasi o'zgarmagan: zakaz u berilgan havolaga yoziladi. Texnik imkoniyatlar · API hujjati
- HujjatRasmiy PHP SDK (beta)
PHP 8.1+ uchun rasmiy kutubxona, versiya 0.1.0: bog'liqliksiz, barcha API amallari, xavfsiz qayta urinishlar, Idempotency-Key, webhook imzosini tekshirish va sinov kaliti (bsk_test_) rejimi. O'rnatish: composer require birinchishop/birinchishop. Manba kodi: github.com/Birinchishop/birinchishop-php. GitHub · API hujjati
- XavfsizlikFaol qurilmalar, kirish tarixi, ma'lumotlarni yuklab olish, HSTS preload
Profilda yangi bo'limlar: hisob ochiq turgan qurilmalar ro'yxati va ularni chiqarish, kirish tarixi, yangi qurilmadan kirilganda xabar; o'z ma'lumotlarini bitta JSON faylda yuklab olish (mijoz raqami va hujjat raqamlari niqoblangan). Sayt HSTS preload ro'yxatiga yuborildi; asosiy server endi faqat CDN sertifikati bilan kelgan ulanishni qabul qiladi. Mustaqil baholar: Mozilla Observatory A+ (115 ball), Qualys SSL Labs A+. Texnik imkoniyatlar · Ma'lumotlar himoyasi
- MCP / AIA2A (Agent2Agent 1.0): do'kon va hamkorlar agentlari
Boshqa AI agentlar endi platformaga A2A protokoli orqali ulanadi. Do'kon agenti ochiq: karta /.well-known/agent-card.json, endpoint /api/a2a/shop (JSON-RPC va HTTP+JSON). Hamkorlar agenti: karta /api/a2a/partner/agent-card.json, API kaliti yoki OAuth bilan; ruxsatlar va sinov rejimi API v1 bilan bir xil. Buyurtma faqat xaridorning aniq tasdig'i bilan. Streaming va push-bildirishnoma yo'q. Texnik imkoniyatlar · API hujjati
- XavfsizlikPasskey bilan parolsiz kirish
Reklamachi paneliga brauzerda barmoq izi, Face ID yoki ekran qulfi bilan kirish (WebAuthn). Passkey Profil bo'limida qo'shiladi, nomlanadi va o'chiriladi; qo'shish kirgandan keyingi 10 daqiqada yoki joriy parol bilan. Parol tiklanganda passkeylar o'chadi. Android ilovada hozircha yo'q. Texnik imkoniyatlar · Ma'lumotlar himoyasi
- API /api/v1 ga ta'sir qiladiSotuv ehtimoli: ML modeli
Yangi zakazning sotuv ehtimoli endi o'z zakazlarimiz tarixida o'qitilgan ML modelidan olinadi (haftalik qayta o'qitish). API v1 va MCP javobidagi factors ro'yxatiga yangi omil qo'shildi: ml (qiymat va asosiy sabablar). Yangi zakazlarda foiz avvalgidan pastroq va haqiqiy yetkazilishga yaqinroq chiqadi. Baho faqat ma'lumot uchun. Texnik imkoniyatlar · API hujjati
- HujjatRasmiy Node.js va Python SDK (beta, npm va PyPI), Postman kolleksiyasi, Binom yo'riqnomasi
Rasmiy SDK, versiya 0.1.0 (beta): Node.js 18+ (bog'liqliksiz, TypeScript tiplari, webhook imzosini tekshirish) va Python 3.8+ (faqat standart kutubxona, type hints). npm va PyPI'da chiqdi: npm install birinchishop, pip install birinchishop; manba kodi GitHub'da. Misollar reposiga Postman kolleksiyasi va Binom ulash yo'riqnomasi qo'shildi. npm · PyPI · Node.js SDK · Python SDK · Postman · Binom
- Tracking /api/v1 ga ta'sir qiladiPostback makrosi {payout_earned}
Yangi makros: faqat conversion_status=sale (yetkazildi) bo'lganda to'lov summasi, boshqa holatlarda 0. Trekerda daromad uchun shuni ishlating. {payout} o'zgarmadi — har holatda tovarning to'lov summasi. Postback qo'llanmasi · API hujjati
- API /api/v1 ga ta'sir qiladiAPI sinov rejimi (sandbox)
Panelda sinov kaliti (bsk_test_…) yaratiladi. O'qish so'rovlari haqiqiy ma'lumot qaytaradi; POST /orders va POST /links haqiqiy kalit bilan bir xil tekshiruvlardan o'tadi, lekin zakaz yoki havola yaratilmaydi va hech kimga qo'ng'iroq qilinmaydi — javobda "test": true va X-Birinchishop-Mode: test sarlavhasi. Sinov zakazidan keyin imzoli sinov webhook (order.created) keladi; POST /api/v1/sandbox/orders/{id}/status holat o'zgarishini simulyatsiya qiladi (webhook va postback, yangi {test} makrosi = 1). Sinov ob'ektlari 24 soat saqlanadi (server qayta ishga tushsa o'chadi); sinov kaliti reklamani boshqara olmaydi; MCP sinov kaliti bilan ham ishlaydi. guide.md · API hujjati · OpenAPI
- InfratuzilmaQayta ishga tushishda boshlangan so'rovlar kesilmaydi (graceful restart)
Yangilanish paytida server ohista to'xtaydi: yangi ulanish qabul qilmaydi, boshlangan so'rovlar (masalan, zakaz yaratish) oxirigacha bajariladi, real vaqt (SSE) ulanishlari to'g'ri yopiladi va panel o'zi qayta ulanadi. Avval jarayon darhol to'xtab, bajarilayotgan so'rovni kesishi mumkin edi. Natija prodda hali o'lchanmagan. /status
- HujjatHuquqiy hujjatlar ru/en alohida manzillarda
Hamkorlik shartnomasi, ommaviy oferta va maxfiylik siyosatining ruscha va inglizcha matni endi o'z manzilida (/ru/…, /en/partner-agreement, /en/public-offer, /en/privacy-policy) — JS'siz ham to'liq o'qiladi. Hamkorlik shartnomasi · Ommaviy oferta · Maxfiylik siyosati
- HujjatTexnik baholash mezonlari, o'zgarishlar jurnali va zaiflik siyosati
CPA tarmoqni texnik baholash uchun neytral mezonlar (har birida Birinchi Shop javobi va isbot havolasi), shu jurnal va API versiya siyosati, zaiflik haqida xabar berish siyosati e'lon qilindi. Texnik baholash mezonlari · Zaiflik siyosati · security.txt
- MCP / AIMCP: 2026-07-28 protokoli va tool misollari
Hamkor va do'kon MCP serverlari MCP 2026-07-28 protokolini ham qo'llab-quvvatlaydi (2025-11-25 va undan eski versiyalar bilan birga — mavjud mijozlar uchun hech narsa o'zgarmadi). Tool tavsiflariga misollar qo'shildi; hamkor MCP serveri versiyasi 1.2.0. mcp.json · guide.md
- TrackingPanelda real vaqt (SSE)
Ochiq panel yangi zakaz, holat o'zgarishi, balans va xabarnomani 1–2 soniyada o'zi ko'rsatadi (Server-Sent Events). Ulanish uzilsa, panel o'zi qayta ulanadi; zaxira sifatida har 60 soniyada yangilash qoladi. Texnik imkoniyatlar
- InfratuzilmaZaxira server va soatlik zaxira
Alohida zaxira serverda bazaning jonli nusxasi (bir necha soniya kechikish bilan); baza har soatda shifrlangan holda zaxiralanadi; fayllar, kod va sozlamalar zaxira serverga soatiga bir marta ko'chiriladi; uzilishda ogohlantirish. Zaxira serverga o'tish qo'lda bajariladi. Texnik imkoniyatlar
- InfratuzilmaMustaqil uptime monitoringi
Tashqi monitoring xizmati sayt, API va panelni har 5 daqiqada tekshiradi; ochiq holat sahifasi — /status. /status · Texnik ko'rsatkichlar
- API /api/v1 ga ta'sir qiladiAPI /stats: kunlar Toshkent vaqtida
Kunlik guruhlash (panel statistikasi va API /stats, group_by=day) endi Toshkent vaqtida hisoblanadi. Avval tun yarmidan keyingi ayrim zakazlar oldingi kunga tushardi. API hujjati
- Tracking /api/v1 ga ta'sir qiladiBosishlar jurnali; API /stats da clicks va unique_clicks
Har bosish jurnalga yoziladi: botlar, havola ko'rib chiqishlari va oldindan yuklash ajratiladi, unikal bosish (30 daqiqalik oyna), davr bo'yicha CR; xom IP saqlanmaydi. API /stats javobiga clicks va unique_clicks maydonlari qo'shildi. «Kuzatuv aniqligi» o'lchovi boshlandi. Texnik ko'rsatkichlar · API hujjati
- API /api/v1 ga ta'sir qiladiJarayondagi zakaz qoidasi va ikki marta yuborishdan himoya
Tovarlarning bir qismida mijozning shu tovarga zakazi hali jarayonda bo'lsa, yangi zakaz olinmaydi — API 409 va order_in_process kodini qaytaradi. Bir vaqtda ikki marta yuborilgan so'rovdan bitta zakaz yaratiladi. API hujjati · Texnik ko'rsatkichlar
- HujjatTexnik ko'rsatkichlar va Texnik imkoniyatlar sahifalari
Ochiq texnik ko'rsatkichlar (API javob vaqti P50/P95, 5xx ulushi, postback yetkazish, dubl ulushi, holat yangiligi, to'lov tezligi) o'lchash usuli bilan va JSON'da (/api/public/tech-metrics); barcha texnik imkoniyatlar «bor / qisman / yo'q» jadvalida. Texnik ko'rsatkichlar · Texnik imkoniyatlar
- IntegratsiyaMeta Conversions API: Delivered hodisasi
Zakaz mijozga yetkazilganda Meta'ga alohida Delivered hodisasi yuboriladi (reklamachining datasetiga, landing va sayt pikseliga) — haqiqiy sotuvga optimallashtirish uchun. guide.md
- API /api/v1 ga ta'sir qiladiAPI: tovar nomi va tavsifi ru/en tilida (?lang)
GET /offers va GET /offers/{id} ixtiyoriy lang=uz|ru|en parametrini qabul qiladi; tarjima bo'lmasa o'zbekcha qaytadi. API hujjati
- API /api/v1 ga ta'sir qiladiAPI: aqlli tovar qidiruvi
GET /offers?search= sinonim, xato yozilish, kirill va lotin yozuvini tushunadi; sort berilmasa natija mosligi bo'yicha tartiblanadi. API hujjati
- HujjatOchiq GitHub repo: API misollari
curl, Node.js, Python va PHP misollari, webhook imzosini tekshirish, Keitaro postback yo'riqnomasi, MCP ulash va OpenAPI nusxasi. GitHub
- IntegratsiyaTargenix integratsiyasi
Targenix lidlari webhook orqali zakaz bo'ladi (havola ID si yoki to'liq havola bo'yicha); zakaz holatlari Targenix'ga qaytariladi. Texnik imkoniyatlar
- XavfsizlikMa'lumotlar himoyasi sahifasi
Parollar, to'lov hujjatlari, mijoz raqami, sessiyalar va API kalitlari qanday himoyalangani — ochiq sahifada. Ma'lumotlar himoyasi
- API /api/v1 ga ta'sir qiladiO'z raqamiga zakaz taqiqi
Reklamachi o'z telefon raqamiga zakaz bera olmaydi: panel, API, AI chat va havola formasida tekshiriladi; API 422 va own_phone kodini qaytaradi. API hujjati
- MCP / AIDo'kon MCP: interaktiv oyna
Do'kon MCP serverida AI chat ichida ochiladigan interaktiv mahsulot oynasi (MCP Apps); ChatGPT uchun alohida variant. AI orqali buyurtma
- MCP / AIMCP Registry va mcp.json
Do'kon MCP serveri rasmiy MCP Registry'da (uz.birinchishop/shop) e'lon qilindi; /.well-known/mcp.json da serverlar ro'yxati. mcp.json
- HujjatAI kod yordamchilari uchun qo'llanma
/api/v1/guide.md — jonli OpenAPI'dan yig'iladigan bitta fayl: uni Claude, ChatGPT yoki Cursor'ga berib, integratsiya kodini yozdirish mumkin. guide.md
- API /api/v1 ga ta'sir qiladiAPI: AI menejer va Meta reklama endpointlari
Yangi ruxsatlar insights:read, ads:read, ads:write; /insights, /orders/{id}/sale-chance, /ads/*, /actions/{id}. Reklamani pauza qilish darhol; yoqish va byudjetni o'zgartirish 202 va pending_confirmation qaytaradi — reklamachi tasdiqlaydi. MCP'ga prompts va resources qo'shildi. Sxema versiyasi: 2026-10-23. API hujjati · OpenAPI
- MCP / AIXaridorlar uchun do'kon MCP serveri
/api/shop/mcp — kalitsiz: mahsulot qidirish, mahsulot ma'lumoti, buyurtma berish (faqat xaridor aniq rozilik bergandan keyin) va buyurtma holati. AI orqali buyurtma
- XavfsizlikOAuth 2.1 orqali AI ulanishi; /.well-known
Claude.ai va ChatGPT connectorlari hamkor MCP serveriga kalitsiz, OAuth 2.1 (PKCE) orqali ulanadi — ulanishni reklamachi panelda tasdiqlaydi. /.well-known da OAuth metama'lumotlari, mcp.json va security.txt. mcp.json · security.txt
- XavfsizlikAPI kalitlari: tasdiq va avtomatik bekor qilish
Kalit yaratish parol yoki Telegram kodi bilan tasdiqlanadi; parol tiklansa barcha API kalitlar avtomatik bekor qilinadi. Ma'lumotlar himoyasi
- API /api/v1 ga ta'sir qiladiOchiq API v1 ishga tushdi
REST API (tovarlar, havolalar, zakazlar, statistika, hodisalar lentasi), HMAC imzoli JSON webhook, S2S postback (makroslar bilan, 8 urinishgacha qayta yuborish), click_id va sub1–sub5, Idempotency-Key, hamkor MCP serveri va OpenAPI sxemasi. API hujjati · OpenAPI
Jurnalga hamkorga ko'rinadigan texnik o'zgarishlar yoziladi. Ichki ishlar va xavfsizlik tuzatishlarining tafsilotlari yozilmaydi.
API versiya siyosati
- Asosiy versiya — yo'lda. Hozir bitta versiya bor:
/api/v1. Har javobdaX-API-Version: v1sarlavhasi keladi. - Sxema sanasi. OpenAPI'dagi
info.versionva webhook xabaridagiapi_versionmaydoni sxema tahriri sanasini ko'rsatadi (hozir2026-10-23). Kichik qo'shimchalar bu sanani har doim ham o'zgartirmaydi — aniq ro'yxat shu jurnalda. - v1 ichida faqat qo'shimcha o'zgarishlar. Yangi endpoint, ixtiyoriy parametr, javobdagi yangi maydon, yangi hodisa turi yoki xato kodi. 2026-10-22 dagi ishga tushirishdan beri v1 da endpoint yoki maydon olib tashlanmagan va nomi o'zgarmagan.
- Mijozdan kutiladigan narsa. Javobdagi notanish maydonlarni e'tiborsiz qoldiring va xato xabari matniga emas,
error.codega tayaning. - Orqaga mos kelmaydigan o'zgarish. Maydon yoki endpointni olib tashlash, nomini yoki turini o'zgartirish v1 ichida qilinmaydi — u yangi asosiy versiya bo'ladi va bu jurnalda oldindan e'lon qilinadi. Hozircha v2 rejasi yo'q, shuning uchun aniq eskirish muddati belgilanmagan.
- Istisno. Xavfsizlik va shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish uchun o'zgarish (masalan, maydon qiymatini niqoblash) ogohlantirishsiz kiritilishi mumkin. Biznes qoidalari (dubl qoidasi, zakaz yuborish shartlari) ham o'zgarishi mumkin — ular yangi xato kodi bilan qaytadi va shu yerga yoziladi.
- MCP. MCP serverlari bir nechta protokol versiyasini birga qo'llab-quvvatlaydi (hozir 2026-07-28 va 2025-11-25 hamda undan eskilari); server versiyasi
serverInfo.versionda.
Bugunoq boshlang
Ro'yxatdan o'ting, tovar tanlang va birinchi havolangizni oling.
Reklamachi bo'lishO'zgarishlarni qanday kuzatish mumkin
- Shu sahifa (ruscha va inglizcha nusxasi ham bor) va llms.txt dagi «Changelog» bloki.
- OpenAPI sxemasi — har doim jonli holatda; guide.md undan avtomatik yig'iladi.
- GitHub — kod misollari va OpenAPI nusxasi.
- Texnik holat va o'lchovlar — /status va Texnik ko'rsatkichlar.
Ko'p beriladigan savollar
Birinchi Shop API'ning hozirgi versiyasi qanday?
v1 (/api/v1, har javobda X-API-Version: v1). Sxema sanasi OpenAPI info.version va webhook api_version maydonida — hozir 2026-10-23.
API v1 o'zgarsa integratsiyam buziladimi?
v1 ichida faqat qo'shimcha o'zgarishlar qilinadi: yangi endpoint, ixtiyoriy parametr, yangi maydon yoki xato kodi. 2026-10-22 dan beri hech bir endpoint yoki maydon olib tashlanmagan. Notanish maydonlarni e'tiborsiz qoldiring va error.code ga tayaning.
Orqaga mos kelmaydigan o'zgarish bo'lsa nima bo'ladi?
U v1 ichida qilinmaydi — yangi asosiy versiya sifatida chiqadi va shu jurnalda oldindan e'lon qilinadi. Hozircha v2 rejasi yo'q.
Jurnalda nima yozilmaydi?
Ichki va administrativ ishlar hamda xavfsizlik tuzatishlarining tafsilotlari. Hamkorga ko'rinadigan texnik o'zgarishlar — API, MCP, tracking, integratsiya, infratuzilma — sana bilan yoziladi.