Ilovada yoki saytda qanday o'chiriladi
- Kiring. «Birinchi Shop — Reklamachi» ilovasini oching yoki birinchishop.uz saytiga kiring.
- Profil bo'limini oching. Menyuda «Profil».
- Sahifa pastidagi «Akkauntni o'chirish» havolasini bosing. Ochilgan oynada nima o'chishi va nima saqlanishi yoziladi.
- Tasdiqlang. Joriy parolingizni kiriting. Parol o'rnatmagan bo'lsangiz (Google yoki Telegram orqali kirgan bo'lsangiz) —
DELETEso'zini yozing. - «Akkauntni o'chirish» tugmasini bosing. Akkaunt darhol bloklanadi va siz tizimdan chiqasiz.
Tizimga kira olmasangiz
Parolni unutgan bo'lsangiz, avval uni kirish sahifasida tiklab ko'ring (Telegram bot kodi yoki Google orqali). Bo'lmasa — Telegram'da @birinchishop_support ga akkaunt ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingiz bilan yozing: «Akkauntimni o'chiring» va raqamni ko'rsating. Raqam sizniki ekanini tekshirgach, so'rovni xuddi ilovadagidek shartlar bilan bajaramiz.
Qachon darhol o'chirib bo'lmaydi
- Kutilayotgan pul yechish so'rovi bor — u tasdiqlanishi yoki rad etilishini kuting.
- Balansda yechib olsa bo'ladigan pul bor (eng kam yechish summasidan ko'p) — avval pulni yechib oling, keyin o'chiring. Pulingiz yo'qolib ketmasligi uchun shunday qilingan.
- Balans manfiy (oldindan yechish qarzi) — qarz yopilgach o'chirish mumkin.
Balansda eng kam yechish summasidan kichik qoldiq bo'lsa, o'chirishga ruxsat beriladi — lekin oynada bu qoldiq kuyishi oldindan aytiladi. Yakunlanmagan zakazlar bo'yicha komissiya ham o'chirishdan keyin to'lanmaydi.
Qaysi ma'lumotlar o'chiriladi
- ism, telefon raqam, email va profil rasmi;
- Telegram bot bog'lanishi va Google hisob bog'lanishi;
- to'lov profili: guvohnoma fayli va Paynet Xolis ma'lumotlari;
- ulangan reklama va ijtimoiy tarmoq akkauntlarining kirish tokenlari (Meta, Facebook sahifalari, YouTube, Instagram, TikTok);
- API kalitlari, webhook va postback manzillari;
- AI yordamchi suhbatlari va maslahatlari, panel bildirishnomalari;
- landing sahifalaringiz va subdomeningiz, Telegram kanal avto-posti sozlamalari.
Akkaunt profili anonim yozuvga aylanadi: ism o'rniga «O'chirilgan foydalanuvchi», raqam o'rniga ichki belgi. Unga qayta kirib bo'lmaydi. Telefon raqamingiz bo'shaydi — xohlasangiz, keyin u bilan yangi akkaunt ochishingiz mumkin.
Nima saqlanadi va nega
Buxgalteriya va soliq qonunchiligi to'lovlar va savdo yozuvlarini saqlashni talab qiladi. Shuning uchun quyidagilar o'chirilmaydi, lekin endi ism va telefon raqamiga emas, anonim akkaunt raqamiga bog'langan bo'ladi:
- zakazlar (mijoz buyurtmalari va ularning holati);
- balans harakatlari, bonuslar va hisoblangan komissiyalar;
- pul yechish yozuvlari — summa, sana va to'lov paytida qonun bo'yicha qayd etilgan to'lov oluvchi ma'lumotlari;
- firibgarlikka qarshi: tasdiqlangan JSHSHIR va Xolis raqami boshqa akkauntga qayta ulanmasligi uchun bog'lanish belgisi;
- sizni taklif qilgan yoki siz taklif qilgan reklamachilar bilan referal bog'lanishi.
Bu ma'lumotlar sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi. Batafsil — maxfiylik siyosatida.
Muddat: darhol blok, 30 kunda butunlay
- Darhol: akkaunt bloklanadi, barcha qurilmalardagi kirishlar yopiladi, API kalitlari bekor qilinadi, Telegram bot sizga xabar yubormaydi, avto qoidalari yoqilgan Meta reklamalari pauza qilinadi (faol reklamalarni o'chirishdan oldin o'zingiz to'xtatganingiz ma'qul).
- 30 kun ichida: fikringizni o'zgartirsangiz — @birinchishop_support ga yozing, so'rovni bekor qilamiz va akkaunt tiklanadi (botni va ulanishlarni qayta ulaysiz).
- 30 kundan keyin: yuqoridagi ma'lumotlar butunlay o'chiriladi. Shundan keyin akkauntni tiklab bo'lmaydi.
Ko'p beriladigan savollar
Birinchi Shop akkauntini qanday o'chiraman?
«Birinchi Shop — Reklamachi» ilovasida yoki birinchishop.uz saytida: Profil → sahifa pastidagi «Akkauntni o'chirish» → joriy parol (yoki DELETE so'zi) → tasdiqlash. Kira olmasangiz — ro'yxatdan o'tgan raqamingiz bilan @birinchishop_support ga yozing.
Balansimdagi pul nima bo'ladi?
Yechib olsa bo'ladigan pul bo'lsa, o'chirish ochilmaydi — avval pulni yechib oling. Eng kam yechish summasidan kichik qoldiq o'chirish bilan kuyadi; bu haqda tasdiqlashdan oldin ogohlantiriladi.
O'chirgandan keyin akkauntni tiklasa bo'ladimi?
30 kun ichida — ha: @birinchishop_support ga yozing. 30 kundan keyin shaxsiy ma'lumotlar butunlay o'chiriladi va akkauntni tiklab bo'lmaydi.
Nega zakazlar va to'lov yozuvlari o'chirilmaydi?
Buxgalteriya va soliq qonunchiligi talabi bilan. Ular ism va telefon raqamisiz, anonim akkauntga bog'langan holda saqlanadi va boshqa maqsadda ishlatilmaydi.