Birinchi Shop

AI yordamchi orqali Birinchi Shop'dan buyurtma berish

Birinchi Shop do'konini Claude, ChatGPT yoki MCP'ni qo'llab-quvvatlaydigan boshqa AI yordamchiga ulash mumkin. Yordamchi tovarni topadi, yetkazish bilan jami narxni aytadi va faqat siz aniq rozilik bergandan keyin buyurtma qoldiradi. To'lov — tovarni olganda kuryerga naqd.

Do'kon katalogiga o'tish
Yetkazish 1–3 kun · dastavka 30 000 so'm · to'lov kuryerga naqd

Bu nima

MCP (Model Context Protocol) — AI yordamchiga tashqi xizmat bilan ishlash imkonini beruvchi ochiq standart. Birinchi Shop do'koni uchun ochiq MCP server bor: uni yordamchingizga bir marta "ulagich" (connector) sifatida qo'shasiz, keyin chatda oddiy so'z bilan tovar so'raysiz.

  • Akkaunt, ro'yxatdan o'tish yoki API kalit kerak emas.
  • Server rasmiy MCP Registry'da uz.birinchishop/shop nomi bilan e'lon qilingan.
  • Bu xaridorlar uchun. Reklamachilar (hamkorlar) uchun alohida, OAuth bilan ulanadigan server bor — API va MCP qo'llanmasi.

Qanday ulanadi

Server manzili (Streamable HTTP, autentifikatsiyasiz): https://birinchishop.uz/api/shop/mcp

  • Claude (claude.ai, kompyuter va telefon ilovasi): Settings → Connectors → Add custom connector → manzilni qo'ying → Add.
  • ChatGPT: Settings → Apps & Connectors → Advanced settings → Developer mode ni yoqing → Create → manzilni qo'ying, Authentication: No authentication.
  • Claude Code: claude mcp add --transport http birinchi-shop https://birinchishop.uz/api/shop/mcp
  • Boshqa mijozlar (Cursor, VS Code va h.k.): yuqoridagi manzil bilan masofaviy MCP server qo'shing.

Menyu nomlari ilova versiyasiga qarab biroz farq qilishi mumkin.

Yordamchi nimalar qila oladi

VositaNima qiladiTuri
search_productsKatalogdan matn (o'zbek, rus yoki ingliz tilida), narx chegarasi va tartib bo'yicha qidiradifaqat o'qish
get_productTovar tafsilotlari, rasmlar, variantlar (o'lcham/rang), zaxira va yetkazish bilan jami summafaqat o'qish
store_infoYetkazish hududi, muddati va narxi, to'lov usuli, tasdiqlash tartibi, qaytarish va yordamfaqat o'qish
place_orderHaqiqiy buyurtma qoldiradi. Ism, O'zbekiston mobil raqami, hudud va xaridorning aniq roziligi (customer_confirmed=true) talab qilinadiyozish
get_order_statusAvval berilgan buyurtma holati (buyurtma raqami + telefonning oxirgi 4 raqami)faqat o'qish

Misol: "Birinchi Shop'dan 300 ming so'mgacha erkaklar soatini top", "Shu tovarning Samarqandga yetkazish bilan jami narxi qancha?", "12345-buyurtmam qaysi bosqichda? Raqamim 4567 bilan tugaydi".

Buyurtma qanday rasmiylashtiriladi

  1. Yordamchi tovar, variant, narx, 30 000 so'm yetkazish haqi va jami summani ko'rsatib, tasdiqlashingizni so'raydi.
  2. Faqat siz aniq "ha" deganingizdan keyin place_order chaqiriladi. Onlayn to'lov yo'q — kartangizdan hech narsa yechilmaydi.
  3. Operator ko'rsatilgan raqamga qo'ng'iroq qilib buyurtmani tasdiqlaydi; shu qo'ng'iroqda bekor qilishingiz ham mumkin.
  4. Kuryer O'zbekistonning istalgan viloyatiga 1–3 kunda yetkazadi. Tovarni ko'rib, kuryerga naqd to'laysiz yoki to'lamasdan rad etasiz.

Xaridorni himoya qiluvchi cheklovlar: bitta raqamdan bir tovarga 24 soat ichida ikkinchi buyurtma berilmaydi, kuniga 3 tadan ortiq turli tovar buyurtma qilinmaydi, bitta ulanishdan buyurtmalar soni ham cheklangan. Yetkazish faqat O'zbekiston ichida.

Maxfiylik

Ulagich cookie o'rnatmaydi va akkaunt so'ramaydi. Qidiruvda faqat qidiruv matni yuboriladi. Buyurtmada faqat ism, telefon raqami, hudud va tanlangan tovar yuboriladi — ular buyurtmani tasdiqlash va yetkazish uchun ishlatiladi. Yordamchi bilan yozishmangiz bizga kelmaydi. Batafsil: Maxfiylik siyosati, 7-bo'lim.

Ko'p beriladigan savollar

Akkaunt yoki API kalit kerakmi?

Yo'q. Do'kon ulagichi ochiq — manzilni yordamchingizga qo'shish kifoya.

Yordamchi kartamdan pul yechadimi?

Yo'q. Onlayn to'lov yo'q: tovarni olganda kuryerga naqd to'laysiz, undan oldin operator har bir buyurtmani telefon orqali tasdiqlaydi.

Yetkazish qancha turadi va necha kun oladi?

Yetkazish haqi 30 000 so'm, tovar narxiga qo'shiladi. Muddat — O'zbekistonning barcha viloyatlariga 1–3 kun.

Buyurtmani qanday bekor qilaman?

Operator qo'ng'iroq qilganda ayting, yetkazilganda tovardan voz keching yoki Telegram'da @birinchishop_support ga yozing.

Yordamchi mening roziligimsiz buyurtma bera oladimi?

Yo'q. Server buyurtmani faqat xaridor aniq tasdiqlagani belgilangan holda qabul qiladi, keyin operator baribir qo'ng'iroq qilib tasdiqlaydi.

Do'kon katalogi

Tovarni saytda ham tanlashingiz mumkin: buyurtmadan keyin operator qo'ng'iroq qiladi, to'lov tovarni olganda.

Do'kon katalogiga o'tish

Yana o'qing

Barcha qo'llanmalar →