Birinchi Shop

Lidogeneratsiya nima va undan qanday daromad qilinadi

Lidogeneratsiya — tovar yoki xizmatga qiziqqan odamlarning kontaktlarini (lidlarini) yig'ish. Oddiy so'z bilan: reklama ko'rgan odam ism va telefonini qoldiradi, keyin sotuvchi unga qo'ng'iroq qiladi. Kim lid olib kelsa, unga natijaga qarab to'lanadi — CPA modeli shunday ishlaydi.

Bepul ro'yxatdan o'tish
1 daqiqa · karta va hujjat so'ralmaydi
30 000+so'm har bir yetkazilgan zakazdan
15 daqto'lov vaqti, mediana (90 kun)
350+faol tovar
0 so'mboshlash uchun sarmoya
Raqamlar 2026-11-16 holati. To'lov muddati — 1 kun ichida; 15 daq — so'nggi 90 kundagi haqiqiy mediana. Raqamlar qanday hisoblanadi

Lid qayerdan keladi

  • Lead forma — Instagram/Facebook reklamasi ichidagi forma, saytga o'tmasdan to'ldiriladi.
  • Landing sahifa — reklamadan keyin ochiladigan tovar sahifasi va buyurtma formasi.
  • Ijtimoiy tarmoq va messenjer — izoh, direkt, Telegram orqali yozgan odam.
  • Qo'ng'iroq — reklamadagi raqamga o'zi qo'ng'iroq qilgan mijoz.

Lid sifati: hamma lid bir xil emas

Arzon lid hali foyda emas. Muhimi — nechta lid operator bilan gaplashib tasdiqlaydi (qabul foizi) va nechtasi tovarni olib to'laydi (yetkazish foizi). Spam, dubl va soxta raqamlar pul yeydi. Shuning uchun Birinchi Shop'da to'lov lid uchun emas, yetkazilgan zakaz uchun — sifatli trafik olib kelgan hamkor ko'proq oladi.

Bugunoq boshlang

Ro'yxatdan o'ting, tovar tanlang va birinchi havolangizni oling.

Reklamachi bo'lish

Lidogeneratsiyadan daromad: CPA

  1. Katalogdan tovar tanlaysiz (narx, daromad va sotuv foizi yozilgan).
  2. Lead forma, landing yoki shaxsiy havola orqali lid olib kelasiz — Meta lead formasi panelga ulanib, lidlar avtomatik zakazga aylanadi.
  3. Call-center qo'ng'iroq qiladi, kuryer yetkazadi, mijoz olganda to'laydi.
  4. Har yetkazilgan zakazga belgilangan summa (ko'p tovarlarda 25 000–40 000 so'm) balansingizga tushadi.

Sxema batafsil: lead forma orqali COD tovar sotish. Iqtisod: lid narxi kalkulyatori. Reklama xarajati sizniki, daromad kafolatlanmaydi.

Bepul ro'yxatdan o'tish

Ko'p beriladigan savollar

Lidogeneratsiya nima oddiy so'z bilan?

Tovar yoki xizmatga qiziqqan odamlarning kontaktlarini (ism va telefon) yig'ish, keyin sotuvchi ularga qo'ng'iroq qilib sotadi.

Lid va zakazning farqi nima?

Lid — qiziqqan odamning kontakti. Zakaz — operator bilan gaplashib, tovarni olishga rozi bo'lgan mijoz. Birinchi Shop'da pul faqat yetkazilgan zakaz uchun to'lanadi.

Lidogeneratsiya bilan qanday pul ishlash mumkin?

CPA tarmoqda: tayyor tovar uchun lid olib kelasiz, tarmoq ularni tasdiqlab, yetkazib beradi va har yetkazilgan zakaz uchun sizga belgilangan summa to'laydi.

Qaysi kanal eng yaxshi lid beradi?

O'zbekistonda COD tovarlar uchun ko'pincha Instagram/Facebook lead forma va landing. Lekin lid sifati tovar, kreativ va auditoriyaga bog'liq — sinab, qabul va yetkazish foiziga qarab tanlang.

Daromad yetkazilgan har bir zakazdan

Ombor, kuryer va operator — bizda. Sizdan faqat reklama.

Bepul ro'yxatdan o'tish

Yana o'qing

Barcha qo'llanmalar →