1. Tovar va taklif
- Narxi 150–250 ming so'm oralig'idagi tovarlar odatda yaxshiroq yetkaziladi: impuls xarid uchun qimmat emas, to'lov esa yetarli.
- Tovar kartasidagi sotuv foiziga qarang — u qabul va yetkazishdan keyin qancha zakaz pulga aylanishini ko'rsatadi.
- Kreativda narx va "kuryerga to'lov" ni aniq yozing — "bepul" va'dasi qabulni tushiradi.
2. Lead forma
- Higher intent (yuqori niyat) turini tanlang: tasdiqlash ekrani tasodifiy bosishlarni kamaytiradi.
- Savollar: ism, telefon, kerak bo'lsa hudud. Ortiqcha savol konversiyani tushiradi.
- Telefon maydoni Meta'da avtomatik to'ldiriladi — mijoz raqamini tekshirib yuboradi.
- Meta lokalida o'zbek tili yo'q: standart savollar rus yoki ingliz tilida chiqadi, o'z savollaringizni o'zbekcha yozasiz.
Bugunoq boshlang
Ro'yxatdan o'ting, tovar tanlang va birinchi havolangizni oling.
Reklamachi bo'lish3. Lidni zakazga aylantirish
Lidni Excel'dan qo'lda ko'chirish — yo'qolgan zakaz va kechikkan qo'ng'iroq. Birinchi Shop panelida Meta reklama kabinetingizni ulaysiz: lead formadagi har bir lid bir necha daqiqada zakaz bo'lib tushadi va call-centerga ketadi. Zakaz holati (qabul, yo'lda, yetkazildi) panelda real vaqtda ko'rinadi.
4. CPL nazorati va optimallashtirish
- Avval kalkulyatorda bitta lid uchun maksimal narxni toping.
- Panelda CPL qoidasi: lid narxi chegaradan oshsa reklama pauza bo'ladi yoki xabar keladi.
- Konversiya lidlari: qaysi lid zakazga aylanganini Meta'ga qaytarib yuborish — algoritm "ko'p lid" emas, "sifatli lid" beradigan auditoriyani qidiradi.
- Bir nechta kreativni A/B sinab, yutganini qoldiring.
5. Qayerdan boshlash
Katalogdan sotuv foizi yuqori bitta tovarni tanlang, kichik kunlik byudjet bilan 2–3 kreativda sinang, 3–5 kundan keyin qabul va yetkazishni kalkulyatorga qo'yib qaror qiling. Batafsil: targetologlar uchun shartlar.
Ko'p beriladigan savollar
Lead forma orqali tovar sotish qanday ishlaydi?
Mijoz Instagram yoki Facebook ichida ism va telefonini qoldiradi, lid zakaz bo'lib tushadi, operator qo'ng'iroq qilib tasdiqlaydi, kuryer yetkazadi va mijoz naqd to'laydi.
Qaysi lead forma turi yaxshi?
Higher intent (yuqori niyat) turi: tasdiqlash ekrani tasodifiy bosishlarni kamaytiradi va qabul foizini oshiradi.
Lidlarni qo'lda kiritish kerakmi?
Birinchi Shop panelida Meta reklama kabinetini ulasangiz kerak emas: har bir lid avtomatik zakaz bo'lib tushadi.
Lead formada o'zbek tili bormi?
Meta lokalida o'zbek tili yo'q, standart savollar rus yoki ingliz tilida chiqadi. O'z savollaringiz va matnlaringizni o'zbekcha yozishingiz mumkin.
Konversiya lidlari nima?
Qaysi lid haqiqiy zakazga aylanganini Meta'ga qaytarib yuborish. Shunda algoritm arzon emas, sifatli lid beradigan auditoriyani topishga o'rganadi.