Birinchi Shop

Targetologlarga: mijoz izlamasdan, har yetkazilgan zakazga to'lov

Birinchi Shop — O'zbekistondagi CPA tarmoq. Siz Meta (Instagram/Facebook) yoki boshqa manbadan zakaz olib kelasiz, qolgan hamma ish — operator qo'ng'irog'i, ombor, yetkazish va pul yig'ish — bizda. Mijoz qidirish, oylik hisobot va "natija yo'q" degan bahs yo'q: har bir yetkazilgan zakaz uchun aniq summa to'lanadi.

Bepul ro'yxatdan o'tish
1 daqiqa · karta va hujjat so'ralmaydi
30 000+so'm har bir yetkazilgan zakazdan
15 daqto'lov vaqti, mediana (90 kun)
350+faol tovar
0 so'mboshlash uchun sarmoya
Raqamlar 2026-11-16 holati. To'lov muddati — 1 kun ichida; 15 daq — so'nggi 90 kundagi haqiqiy mediana. Raqamlar qanday hisoblanadi

Kimga mos

  • Frilans targetologlar — mijozlar orasida bo'sh qolgan byudjet va vaqtni o'z kampaniyasiga yo'naltirmoqchi bo'lganlar.
  • Media-bayerlar va arbitrajchilar — COD tovarlarda o'z pulidan reklama yurgizib, ROI bilan ishlaydiganlar.
  • Kurs bitiruvchilari — portfolio uchun haqiqiy raqamli keys kerak bo'lganlar.
  • Tovar sahifasi yoki Telegram kanali bor targetologlar — o'z auditoriyasiga tayyor tovar taklif qilmoqchi bo'lganlar.

Siz nima qilasiz, biz nima qilamiz

SizBirinchi Shop
TovarKatalogdan tanlaysiz350+ faol tovar, zaxira va narx
ReklamaKampaniya, kreativ, auditoriyaTayyor video va rasmlar, Meta vositalari panelda
LidLead forma yoki landing orqaliZakaz panelga avtomatik tushadi
Tasdiqlash—Call-center qo'ng'iroq qiladi
Yetkazish va to'lov—Ombor, kuryer, butun O'zbekiston, naqd to'lov
PulPaynet Xolis orqali yechasizYetkazilgan har zakazga belgilangan summa

Bugunoq boshlang

Ro'yxatdan o'ting, tovar tanlang va birinchi havolangizni oling.

Reklamachi bo'lish

Raqamlar

  • Daromad: har tovar kartasida aniq yozilgan, ko'p tovarlarda yetkazilgan zakazga 25 000–40 000 so'm.
  • Sotuv foizi: yetarli ma'lumot bo'lsa — platformadagi haqiqiy yetkazilish natijasi, tovar kartasida ko'rinadi. Tovarni shunga qarab tanlaysiz, "ko'r-ko'rona" emas.
  • Pul yechish: so'rovlarning yarmi ~16 daqiqada, 96% i 24 soat ichida to'lanadi (ochiq statistika, oxirgi 90 kun). Minimal summa 50 000 so'm, birinchi marta 20 000 so'm.
  • Oldindan yechish: hali yetkazilmagan qabul qilingan zakazlar daromadining 20% gachasi — reklama byudjetini aylantirish uchun.
  • Sotuv bonusi: oxirgi 30 kunda 50+ yetkazilgan zakaz bo'lsa, har keyingi yetkazilgan zakazga qo'shimcha bonus. Hajm bilan ishlaydiganlar uchun.

Targetolog uchun vositalar

  • Meta reklama paneldan: o'z reklama kabinetingizni ulab, kampaniyani, lead formani va auditoriyani shu yerdan yoqasiz. Lead formadan kelgan har bir lid zakaz bo'lib avtomatik tushadi — qo'lda kiritish yo'q.
  • CPL qoidalari: lid narxi chegaradan oshsa, reklama o'zi pauza bo'ladi yoki xabar keladi; har kuni 23:00 da hisobot.
  • Konversiya lidlari: Meta'ga qaysi lid haqiqiy zakazga aylanganini qaytarib yuborish — algoritm sifatli lidga o'rganadi.
  • Landing va piksel: o'z subdomeningizda tovar landingi va o'z Meta pikselingiz (Sales maqsadi uchun).
  • AI avtopilot — siz bergan kunlik byudjet ichida test va optimallashtirish.
  • API va postback — o'z trekeringiz (Keitaro va boshqalar) bilan S2S.
  • Targenix orqali: Facebook, TikTok, Google lidlarini Targenixda Birinchi Shop oqimiga ulaysiz (oqim ID — havolangiz oxiridagi raqam, masalan birinchishop.uz/l/7277), zakaz holatlari Targenix'ga avtomatik qaytadi.

Iqtisodni oldindan hisoblang

COD tovarda foyda uchta raqamga bog'liq: lid narxi, qabul foizi va yetkazish foizi. Kampaniyani boshlashdan oldin lid narxi kalkulyatorida zararsizlik chegarasini toping: bitta lid shundan qimmat bo'lsa, reklama zararga ishlaydi.

Halol ogohlantirish: reklama xarajati sizniki, foyda kafolatlanmaydi. Spam va dubl lidlarga to'lov yo'q, juda past qabul foizli trafik tekshiriladi. Kichik byudjet bilan bitta tovarda sinab ko'ring.

Bepul ro'yxatdan o'tish — 1 daqiqa.

Ko'p beriladigan savollar

Targetolog Birinchi Shop'da qanday ishlaydi?

Katalogdan tovar tanlaydi, Meta (Instagram/Facebook) yoki boshqa manbada reklama yurgizadi, lidlar panelga zakaz bo'lib tushadi. Operator tasdiqlaydi, kuryer yetkazadi, mijoz olganda targetologga belgilangan summa to'lanadi.

Birinchi Shop targetologga qancha to'laydi?

Har bir yetkazilgan zakaz uchun tovar kartasida yozilgan summa, ko'p tovarlarda 25 000–40 000 so'm. Oxirgi 30 kunda 50+ yetkazilgan zakaz bo'lsa, qo'shimcha sotuv bonusi ham yoziladi.

Pul qachon va qanday to'lanadi?

Paynet Xolis hamyoniga. So'rovlarning yarmi taxminan 16 daqiqada, 96% i 24 soat ichida to'lanadi. Minimal summa 50 000 so'm, birinchi yechish 20 000 so'm.

Mijoz izlash yoki hisobot berish kerakmi?

Yo'q. Siz faqat zakaz olib kelasiz. Operator, ombor, yetkazish va pul yig'ish platformada, natija panelda real vaqtda ko'rinadi.

Lead formadan kelgan lidlar qanday zakazga aylanadi?

Meta reklama kabinetingizni panelga ulasangiz, lead formadagi har bir lid avtomatik zakaz bo'lib tushadi va call-centerga yuboriladi.

Qaysi tovarni tanlash kerak?

Tovar kartasidagi sotuv foiziga qarang: u yetarli ma'lumot bo'lsa platformadagi haqiqiy yetkazilish natijasidan hisoblanadi. Keyin lid narxi kalkulyatorida zararsizlik chegarasini tekshiring.

Daromad yetkazilgan har bir zakazdan

Ombor, kuryer va operator — bizda. Sizdan faqat reklama.

Bepul ro'yxatdan o'tish

Yana o'qing

Barcha qo'llanmalar →